Italiya ta’lim tizimi


Download 8.84 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi8.84 Kb.
#1785951
Bog'liq
4-MAVZU SLAYT (32)

Poytaxt: Rim shahri

  • Poytaxt: Rim shahri
  • Hukumat : Parlamentlik Respublika
  • Italiya pul birligi: YEVRO;
  • Qisqartma: IT
  • Internet domeyn: it
  • Telefon prefiksi: +39
  • Maydon : 301,230 km² (70-)
  • Italiyada 73 turdagi gazeta va jurnallar har kun chop etiladi.

Suv ustidagi shahar yohud etiksimon davlat nomi bilan mashhur bo’lgan Italiya mamlakatining ta’lim tizimi bilan tanishamiz. Yavropaning qadimiy davlati hisoblangan Italiya Yevropaning janubida Appenin yarim oroli va O`rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va Sardiniya orollarini o`z ichiga oladi. Italiya o`zining shimoliy chegaralarini Alp tog’lari orqali Fransiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo`lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan. Hozirda Italiyada 60.5 mln aholi istiqomat qilib, aholisining 3/2 qismi shaharda yashaydi. Italiyada zamonaviy ta’lim tizimi XIX asrda 1859 yildan boshlab tarkib topgan bo’lib unga ko’ra 6-14 yoshli bolalar 8 yillik ta’lim olishlari majburiydir.

  • Suv ustidagi shahar yohud etiksimon davlat nomi bilan mashhur bo’lgan Italiya mamlakatining ta’lim tizimi bilan tanishamiz. Yavropaning qadimiy davlati hisoblangan Italiya Yevropaning janubida Appenin yarim oroli va O`rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va Sardiniya orollarini o`z ichiga oladi. Italiya o`zining shimoliy chegaralarini Alp tog’lari orqali Fransiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo`lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan. Hozirda Italiyada 60.5 mln aholi istiqomat qilib, aholisining 3/2 qismi shaharda yashaydi. Italiyada zamonaviy ta’lim tizimi XIX asrda 1859 yildan boshlab tarkib topgan bo’lib unga ko’ra 6-14 yoshli bolalar 8 yillik ta’lim olishlari majburiydir.
  • Bo’gcha:
  • Italiya aholisi bolalarni 3 yoshdan bog’chaga berishadi, unda 3 yil davomida bolalar maktabga tayyorlanishadi. Har bir guruhda 15-30 ta bola bo’lib ular Mariya Montessori metodi asosida tahsil olishadi. Bolalar bo’g’cha ta’limi majburiy emas.
  • Boshlang’ich ta’lim:
  • Bolalar boshlang’ich ta’limga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Qabul 6 yoshli bolalar uchun 31-avgustdan 30-aprelgacha davom etadi. Boshlang’ich ta’lim, o’quv qurollari, oshxona va avtobus xarajatlari uchun hech qanday mablag’ talab qilinmaydi (ammo oq’uv binolari Yetishmovchiligi sababli ba’zida to’lov qabul qilinmoqda). Bunda o’quvchi yozish, chizish, arifmetika, musiqa va xohishiga ko’ra tanlagan chet tili hamda ota-onalar xohishiga ko’ra diniy bilimlarni o’rganishi majburdir. Italiyada boshlang’ich ta’lim 5 yil muddatda o’qishadi. Bolalar haftada 5 kun 27-30 soat (shundan 3 soati chet tili uchun ajratilgan) o’qiydilar, sinfda 10-25 nafar o’quvchilar bo’lib invalid bolalar bilan birga tahsil olib boriladi, har bir bosqich oxirida test sinovi, og’zaki va yozma (mantiqdan ham) imtihon topshirishadi, baholash a’lo, yaxshi, qoniqarli tarzda baholaniladi. Natijaga qarab bolalar attestat olishadi va shunga qarab o’rta maktabga qabul qilinadi. (Boshlang’ich ta’limda 6-11 yoshdagi bolalar tahsil olishadi)
  • O’rta maktab:
  • Bunda o’qish davomiyligi 3 yil bo’lib bolalar 14 yoshgacha tahsil olishadi. O’quv yili 1-sentabrdan boshlanib 30-iyunda tugatiladi, bunda o’quvchilar haftada 5 kun 27-40 soat dars olishadi, dars 8 30da boshlanib 16 00da tugaydi, tanaffus uchun 30 daqiqa berilgan. Har bir o’quvchi italyan tili, tarix, geografiya, matematika, tabiiy fanlar, chet tili, san’at va musiqani o’rganishadi hamda ota-onalar xohishiga ko’ra dinshunoslik dars jadvaliga kiritiladi. Har bir fanning mundarijasi, maqsadi, yutug’I, dars berilish usuli, boshqa fanlar bilan bo’gliqligiga katta ahamiyat beriladi. O’quvchilardan birinchi ikki yil qat’iy intizom talab qilinadi. Har yil yakunida imtihon otkazilib “o’tdi”- “o’tmadi” tarzida baholaniladi (avval: baholash me’zoni 0-10gacha baho, keyin: A, B, C, D, E ball tizimi, hozirda esa: a’lo, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz tarzida baholanishlar olib borilmoqda). Oxirida esa italyan, matematika, chet tilidan yozma bitiruv imtihon topshirishadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan har bir o’quvchi kasbiy ta’lim bo’yicha o’qishni davom ettirishadi.
  • Italiyada multi sinflar mavjud bo’lib unda turli yoshdagi bolalar tahsil olishadi, sinfda 6-12 nafar o’quvchi bo’ladi ularga bitta o’qituvchi birlashtiriladi. Ushbu maktablar tog’li va aholi juda zich joylashgan shaharlarda tashkil etilib, ularda bolalari bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’lmaganlar ota–onalar yoki juda band oilalar murojoat etishadi.
  • Kasbiy ta’lim:
  • O’rta maktabni tugatgan 14 yoshli
  • bolalar o’zlari xoxlagan 2 yo’nalish-
  • -da: kasbiy ta’lim beruvchi o’quv
  • yurtlariga (kollej) va litseylar
  • (akademik maktablar) tahsil olishga
  • majburdirlar (o’qish davomiyligi
  • 5 yilni tashkil etadi). Kasbiy ta’lim
  • oluvchilar uchun talab juda qattiq bo’lib, o’qishga qabul qilinganlarning 50% o’quv yurtini bitira oladi. Kasbiy ta’limni olgan o’quvchilar universitetlarga qabul qilinishadi.
  • Oliy ta’lim:
  • Datslabki o’quv yurtlari V asr o’rtalarida yuzaga
  • kelgan bo’lib, 1088 yili ilk universitet Italiyaning
  • Bolonya shahrida ochilgan bo’lib, 1130 yilda ilk
  • dissertatsiya himoya qilingan, 1158 yilga kelib
  • Yevropaning ilk universiteti nomini olgan. Bundan
  • tashqari Rimda Sapentsa hamda dunyoda 24 o’rinda
  • turuvchi Bokkoni universitetlari mavjud. Shu bilan
  • birga Мilan tehnik universiteti yirik universitetlardan
  • biri hisoblanadi, unda kunduzgi vaqtda 40 mingdan
  • ziyod talabalar tahsil olishadi. Italiya ta’lim
  • tizimiga taxnika maktablari, til institutlari va universitetlar kiradi. O’quvchilar yuqorida nomlari keltirilgan ta’limgohlarga kirish uchun til bo’yicha test topshirishlari shart. Universitetda o’qish 2 semestrga bo’linadi: I sem. 1-oktabrda, II sem. 2-martda boshlanadi. Ko’pchilik oliygohlarga ta’lim davomiyligi 4 yil; kimyo, injineriya va arxitekturada 5 yil; tibbiyot oliygohida esa 6 yilni o’z ichiga oladi. Yuqori baholangan talabalar stipendiya olishga musharraf bo’lishadi.
  • Italiya universitetlarida 25 000 dan ortiq chet ellik talaba tahsil olishib ular uchun italyan tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatini bilishi zarurdir.
  • Ayni paytda italiyada 41 ta davlat universitetlari mavjud bo’lib, katta universitetlar Rim, Neapole, Milan, Bolonya, Padua shaharlarida joylashgan. Eng katta diniy universitet esa Milanda joylashgan.
  • Hulosa
  • Italiya ta’lim tizimini bizga yoqqan tomoni shundaki, kasbiy ta’lim maktablarida yani litsey kollejlarda bolani o’zini qiziqqan yo’nalishi bo’yicha bolaga mukammal bilim berish.
  • Shu bilan birga chiqish imtihonlarini topshirib diplom olishi va oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz qabul qilinishi.
  • Сhunki bolaning ayni bosh miyasi rivojlangan davri 13-14 yoshni o’z ichiga oladi va o’quvchi shu davrdagi olgan bilimlarini esidan chiqarmaydi.

Download 8.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling