Italiyada fashizmning paydo bo'lishi va B. Mussolining hokimiyat tepasiga kelishi
Download 55.66 Kb.
|
Yillarda italiya
2. Stabillashuvi yillarida Italiya
1923-1924 yillarda Italiyada sanoat ishlab chiqarishi bir muncha jonlandi. Harbiy sanoat tarmoqlariga ko‘proq ahamiyat berildi. Italiya fashizmi chet el imperialistlariga avvalo AQSH monopolistlariga tayandi. Bankir Morgan xonadoni 1924 yili Mussolini hukumatiga 100 million dollar miqdorida zayom berdi. Amerika imperialistlari Italiya aksiyali jamiyatlariga qariyib 200 million dollar mablag’ qo‘ydi. Ba‘zi munitsipalitetlar Amerika monopoliyalaridan 20-30 million dollarlab mablag’ oldilar. Mamlakatda norozilik kuchayib bordi va Mussoliniga qarshi suiqasdlar bo‘ldi. Ana shu bahona bilan 1926 yil noyabrida bir qancha terroristik favqulodda qonunlar qabul qilindi. Fashistik partiyadan tashqari hamma siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Mussoliniga cheklanmagan diktatorlik huquqlari berildi. «Davlatni qo‘riqlash to‘g’risida»gi qonun o‘lim jazosini tikladi. «Maxsus tribunal» tuzildi. Siyosiy jinoyat uchun o‘lim jazosi joriy qilindi. Fashist oxrankasi («Ovra») tuzildi. Fashistlar totalitar rejimni niqoblash maqsadida sinflarni «yarashtirish» nazariyasini korparativ, ya‘ni go‘yo g’ayri sinfiy davlat tuzishni targ’ib qildilar. 1927 yil aprelida «Mehnat xartiyasi» chiqarildi. «Mehnat xartiyasi»da kapitalistik ishlab chiqarish usuli maqtaldi: «korparativ davlat» va kapitalistlar hamda fashistik partiya va sindikatlar vakillaridan iborat «korparatsiya» tuzish haqida gapirildi. Italiya diktatori o‘zining mamlakatdagi hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘ydi. 1928 yil fevralida Mussolini Vatikan bilan bitim (Lyuteran ahdnomasini) tuzdi. Vatikan bilan karollik o‘rtasidagi eski nizolar bartaraf qilindi. Vatikan to‘la suveren davlat huquqiga ega bo‘ldi. Aktiv reaksion kuch - Vatikan xalqni chalg’itish yo‘li bilan fashizmga katta yordam ko‘rsatdi. Shunday qilib Italiyada totalitar (cheklanmagan) fashistik diktatura rejimi tuzildi. Italiyada G’arbdagi birinchi totalitar tuzum tashkil topdi. Bu tuzum iqtisodiy qayta qurish sohasida nihoyatda katta vazifalarni ilgari surdi. Fashist davlati mamlakatdagi butun ijtimoiy va iqtisodiy hayotni qamrab oladigan «korporativ tartib» yaratishni rejalashtirgan edi. Bu tartibning asosiy tamoyillari Katta fashist kengashi tomonidan 1927 yilda qabul qilingan «Mehnat xaritiyasi»da bayon etilgan edi. U ishlab chiqarish muammolarini birgalikda hal etish uchun kasaba uyushmalarini va ishbilarmonlarni teng asosda korporatsiyalarda birlashtirishni nazoratda tutardi. Ishbilarmonlar va ishchilar bir tashkilotning teng huquqli a‘zolariga aylanardilar. Xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, banklar, transport kabi sohalariga mos keladigan 22 korporatsiya tuzildi. Bu beso‘naqay tashkilotning tepasida Korporatsiyalar milliy kengashi turardi. Italiyadagi voqealar xalqaro imperialistik burjuaziyaga juda ma‘qul keldi, Rim xalqaro reaksion doiralarining ziyorat markazi bo‘lib qoldi. 1925-1929 yillar davomida Angliya-Amerika bankirlari Italiyaga 7 mlrd. lira kredit berdilar.3 1928 yil yana bir qancha qonunlar qabul qilinib, amalda parlamentchilik rejimi tugatildi. Parlament batamom o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Yirik burjuaziya va pomeshchiklar manfaatini ko‘zlab «Ulug’ Rim imperiyasi» tuzish rejasi ishlab chiqildi. Bu rejaga muvofiq Bolqon, Tunnis, Misr, Angliya-Misr Sudani, Baleor orollari va Korsikani bosib olish mo‘ljallandi. O‘rta dengizni Italiyaning ichki dengiziga aylantirish ko‘zda tutildi. Italiya fashistlari Yaqin Sharqda ham hukmron bo‘lib olishni xayol qildilar. 1923 yilda Italiya Bolqonda ustun bo‘lishga intilib, Gretsiyaga qarshi agressiv harakat boshladi va Korfu orolini bosib oldi. Birok, Angliya jiddiy e‘tiroz bildirgach, Italiya o‘z qo‘shinlarini Korfudan olib chiqib ketdi. 1923 yil sentabrda Italiya 1920 yilgi Rapollo shartnomasini buzib, Fyumenni bosib oldi. 1924 yil yanvarida Italiya bilan Yugoslaviya o‘rtasida Rimda imzolangan shartnomaga 43 muvofiq «Fyumen shahri va Fyumen porti Italiyaniki» deb tanildi. Italiya fashistlari 1920 yilda qo‘lga kiritilgan Egey dengizidagi Dodekanes orollarini butunlay o‘zlariniki qilib oldilar. Yugoslaviyaning qarshiligiga qaramay, Italiya Albaniyani o‘ziga tobe qildi. Italiya 1926 yili Albaniya bilan do‘stlik to‘g’risida, 1927 yili esa «ittifoqlik» to‘g’risida shartnoma tuzdi va Albaniya ustidan o‘z protektoratini o‘rnatdi. Italiya 1926 yili Ispaniya bilan, 1927 yili Ruminiya va Vengriya bilan, 1928 yili Gretsiya va Turkiya bilan «Do‘stlik» to‘g’risida shartnomalar tuzdi. U Yevropa sharqi-janubida, hatto uning markaziy tumanlarida hukmron bo‘lishga zo‘r berib urindi. Bu masalalarda Italiya bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi. Download 55.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling