Иқтисод ва молия / экономика и финансы 2022, 11(159) Maxmudova Guljahon Nematjonovna


ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1678761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
63ee77d91f6c6 o zbekistonda moliyaviy texnologik korxonalarning rivojlanishi va

ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)
● toʻlovlar va oʻtkazmalar: onlayn toʻlov xiz­
matlari, onlayn oʻtkazma xizmatlari, P2P valyuta ayir­
boshlash (jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻtkazmalar.), 
B2B toʻlov va oʻtkazma xizmatlari (yuridik shaxslar 
oʻrtasida oʻtkazmalar), bulutli kassalar va smart ter­
minallar, ommaviy toʻlov xizmatlari;
● moliyalashtirish: P2P iste'mol krediti, P2P 
biznes krediti, kraudfanding;
● pul boshqaruvi: robo­maslahat, moliyaviy 
rejalashtirish dasturlari va ilovalari, ijtimoiy savdo, 
algoritmik birja savdosi, maqsadli jamg'arma xizmat­
lari.
● sug'urta (InsurTech): obuna bo'yicha sug'urta 
qilish, mikrosug'urta, yo'qotishlarni avtomatik hisob­
kitob qilish (sug'urta qildiruvchi ishtirokisiz sug'urta 
to'lovlari)
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017­yil 
7­fevraldagi PF­4947­sonli Farmoniga binoan “2017 
— 2021­yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti­
rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi” ning 3­bob 1­bo‘limida Moliyaviy xizmat­
lari turlari va hajmini oshirish ko‘zda tutilishi Fintech 
yo‘nalishini rivojlantirish uchun katta qadam bo‘ldi. 
Ushbu sohada rivojlanishni davom ettirish tariqas­
ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022­yil 
28­yanvardagi PF­60­son Farmoniga binoan “2022 
— 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi” ning 25­maqsadida “Dasturiy 
mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning 
eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh 
dollariga yetkazish” ko‘zda tutilgan bo‘lib, Fintech 
yo’nalishida faoliyat olib boruvchi barcha tashkilot­
larga davlat (hukumat) tomonidan qo‘llab­quvvatlan­
ishi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ushbu imkoniyat­
lar natijasi sifatida Jahon intellektual mulk tashkiloti 
tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Global innovat­
siyalar indeksi” ning 2015­yilda chop etilgan hiso­
botiga asosan O‘zbekiston 140 davlatlar orasidan 122 
o‘rinni egallagan edi. 2020­yilda 80 ta koʻrsatkichdan 
iborat Global Innovatsiyalar indeksida Oʻzbekiston 
131 davlatlar orasida 93­o‘rinni egallab quyidagi 
yo’nalishlarda ijobiy natijalarga erishdi: Institutlar 
(Institutions), Inson kapitali va tadqiqot (Human capi­
tal & research), Infratuzilma (Infrastructure), bilimlar 
iqtisodiyoti va texnologiyalari natijalari (Knowledge 
& technology outputs) va ijodiy ish unumdorligi 
1
Татьяна Гришина. «Страховщикам придется кон­
курировать с биг­техами, и это будет тяжело»: Один 
полис на все случаи жизни // “Коммерсантъ”. — 
2019. — 20 ноября. — Дата обращения: 11.02.2022.
(Creative outputs)
2
. Bugungi kunda, Global inno­
vatsiyalar indeksining 2022­yilgi hisobotiga binoan 
Oʻzbekistonning pog‘onasi yana 11 taga ko‘tarilib 
82­o‘rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo regioni bo‘yicha 
esa 3­ o‘rinni egalladi
3
.
Naqd pulsiz to'lovlarning yuqori foizi mam­
lakatdagi fintech startaplari istiqbollarining bevosita 
ko'rsatkichi hisoblanadi. Agar iste’molchilar ommaviy 
ravishda naqd pul olishdan bosh tortsa, u innovatsion 
fintech yechimlariga tayyor.
Naqd pulsiz to'lovlarning keskin o'sishi 2020 yilda 
pandemiya davrida qayd etilgan. Bunga xaridorlarning 
gavjum joylarda paydo bo'lishni istamasligi va virus 
tashuvchisi bo'lgan qog'oz banknotlardan qo'rqish 
sabab bo'lgan. Ammo pandemiyadan oldin ham naqd 
pulsiz to'lovlar ulushi asta­sekin o'sib borgan (1­расм).
Buning asosiy sabablaridan biri yoshlarning yangi 
texnologiyalarga sodiqligidir. Yoshlar raqamli dunyoga 
jalb qilingan va bu dunyoda ko'p tovarlar uchun 
naqd pul to'lash mumkin emas. Hatto kuchli istak 
bilan ham onlayn kurs yoki musiqa strimingiga obuna 
bo'lishingiz dargumon.
Yoshlarga ergashib, iste’molchilarning boshqa qat­
lamlari naqd pulsiz pulga o'tmoqda. Ko'pgina kom­
paniyalar mijozlarni tovarlar uchun onlayn to'lashga 
undaydi, masalan, naqd pulsiz to'lovlar uchun chegir­
malar. Bunday to‘lov formati biznes uchun foydalidir 
– pul muomalaga tezroq kiradi. XVJ iqtisodchilarining 
prognozlariga ko'ra, naqd pul eng kam ommalash­
gan mamlakatlarda yaqin 5­17 yil ichida uning ulushi 
nolga yaqinlashishi mumkin.
Naqd pulsiz to'lovlar foizining oshishi 
iste’molchilarning onlayn to'lovga o'rganib qolgan­
ligini va boshqa fintech vositalaridan foydalanishga 
tayyor ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston faol rivojlanayotgan fintech bozoridir. 
Masofaviy bank xizmatlaridan 22 million kishi foydala­
nadi ­ bu mamlakat aholisining 65 foizini tashkil qiladi. 
Mamlakatdagi yetakchi to‘lov vositasi bu Gruziyaning 
TBC bankiga tegishli bo‘lgan Payme va Click elektron 
hamyonlaridir. 2022 yilga kelib faol iste’molchilar soni 
1,3 million kishiga yetdi. Payme ilovasi xizmat mavjud 
bo‘lgan olti yil davomida 6 million iste’molchi tomo­
nidan yuklab olingan. 2022­yil iyun holatiga ko‘ra, 
Click xizmatidan O‘zbekistonda 8 million kishi va 
2
https://nuz.uz/nauka­i­tehnika/1170534­
uzbekistan­podnyalsya­na­30­poziczij­v­globalnom­
innovaczionnom­indekse­2020.html
3
https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo­pub­
2000­2022­section1­en­gii­2022­at­a­glance­global­
innovation­index­2022­15th­edition.pdf
54
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ИҚТИСОДИЁТИ / 
ЭКОНОМИКА ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling