Иқтисодиёт асослари-1 (Иқтисодий таълимотлар тарихи) фанидан якуний тестга тайёргарлик саволлари


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1163859
  1   2   3   4
Bog'liq
ИКТИСОД САВОЛ ЖАВОБЛАРИ



Иқтисодиёт асослари-1 (Иқтисодий таълимотлар тарихи) фанидан 
якуний тестга тайёргарлик саволлари 
1.Nazariya - bu nima?
Nazariya-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning real dalillar bilan ilmiy asoslangan 
holati.Bazi hollarda nazariya konsepsiyaga aylanishi mumkin
.
2.Iqtisodiy fikrlash tushunchasini aniqlang.
Olinadigan natijani taqqoslash,ma’lum bir tizimga solish asosida yuzaga kelgan 
ratsional ong faoliyati. 
3.lmiy maktab deganda nimani tushunasiz?
O’zaro bog’liq nazariy qarashlar va tadqiqot uslubiyatiga ega olimlar guruhi.
4.Iqtisodiy qarashlar tizimi ...
Insonning xo’jalik yuritish jarayonida yuzaga keladigan o’zaro bog’liq iqtisodiy 
fikrlar tizmi. 
5.Iqtisodiy g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va 
almashinuvining tarixiy jarayonini qaysi fan o‘rganadi?
“Iqtisodiy talimotlar tarixi”
6.Iqtisodiy g‘oya,qarash, nazariya, qonun, ta’limot va konsepsiyalar kimlar 
tomonidan ilgari suriladi?
Ayrim olim va davlat arboblari tomonidan 
7.Qaysi fanda muhim iqtisodiy kategoriyalar so‘nggi davr uchun tahlil etiladi?
Iqtisodiy nazariya fanida
8.Qaysi fanda jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy 
qarash, g‘oya va nazariyalar tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi? 
Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi fanida
9.“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rganishning evolyutsion yo‘li nimani 
anglatadi?
Mavjud g’oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi 
10.“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rganishning inqilobiy yo‘li nimani 
anglatadi? 
Butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi 
11.Iqtisodiy fan antik davrdan kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha 
bo‘lgan davrda (XVII asrgacha) qanday nomlangan?
Merkantilizm
12.Iqtisodiy fan iqtisodiy ta’limotlarning alohida fan tarmog‘i bo‘lib shakllanishi va 
rivojlanishi davri (XVIII-XIX asrlar)da qanday nomlangan? 
Ekonomiya
13.Turli maktablar va yo‘nalishlar sifatida taqdim etiladigan zamonaviy iqtisodiyot 
fani qanday nomlanadi?
Marjinalizm
14.O‘tish davri iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar qaysi davrning muhim qarashlari 
majmuasiga kiradi?
XX asrning 90-yillarida “sotsialistik” deb atalgan va iqtisodiyotni ma’muriy 
buyruqbozlikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri. 


15.B.Gildebrand bo‘yicha xo‘jalik rivojlanishining tarixiy rivojlanish davrlarini 
ko‘rsating. 
3ga bo’linadi: natural xo’jalik davri(m.a.XII asr yarmi) 
Pul xo’jaligi(milodiy XI-XVII ) 
Kredit xo’jaligi (XIX asr o’rtalaridan to hozirgacha ) 
16.K.Marksning formatsion rivojlanish nazariyasi bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishning 
tarixiy bosqichlarini to‘g‘ri aniqlang. 
5 ga bo’lgan: ibtidoiy jamoa(m.a.VI asr); quldorlik (m.a.V asr va milodiy VI asr); 
feodal (VI-VIII asrlar); kapitalistik(XIX asrdan XX asrgacha);kommunistik(XX asr) 
17.Dastlabki iqtisodiy fikrlar qaysi davrdan boshlab yuzaga kela boshlagan? 
Kapitalizm davrida/inson paydo bo’lishi bilan/Quldorlik jamiyati 
18.Siyosiy iqtisod bo‘yicha klassik ilmiy asar – «Kapital»ning muallifini ko‘rsating.
Karl Marks 
19.Iqtisodiy ta’limotlar tarixi qachondan boshlanadi? 
Eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha 
20.Qadimgi iqtisodiy qarashlar ustun darajada nimalarga tayangan? 
Ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g’oya, qarash, nazariya, 
qonun, konsepsiyalar
21.Qadimgi iqtisodiy qarashlar qanday operatsiyalarga qarshi bo‘lgan? 
Yirik savdo-sudxo’rlik operatsiyalariga qarshi bolgan 
22.Dastlab quldorlik jamiyati qayerda va qachon yuzaga kelgan? 
Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya(tigr va yefrat dryolari 
oralig’ida) va /Misrda er.a. IV ming yillikda 
23.Konfutsiy g‘oyasi bo‘yicha boylikning manbaini ko‘rsating. 
Mexnat 
24.Konfutsiy qanday mulklarni farqlaydi? 
“Buyuk jamoa mulki”(dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik(quldorlar mulkini) 
farqlaydi, so’nggisini ko’proq qo’llaydi 
25“Ekonomiya” so‘zining mazmunini ayting? 
(“oykonomiya”:-“oykos”- uy xo’jalik va “nomos”-qonun qoida) tom ma’noda uy 
xo’jaligi to’g’risidagi qoida mazmuniga ega.
26.Platon ajratgan aholini uch toifasini ko‘rsating. 
1.Faylasuflar- davlatni boshqaruvchilar 
2.Harbiylar-davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo’lib, ular biror mulk egasi 
bo’lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo’lishi kerak 
3.”Qora”toifa- dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo’lib, ular mulk egasi 
bo’lishi kerak 
27.Platon kimlar davlatni boshqaruvchilari bo‘lishi kerak deydi? 
Faylasuflarni
28.Katon Starshiy “Dehqonchilik” asarida nima sababdan qullar yoshligidan sotib 
olinishi kerak deydi? 
Shunda qullarni tarbiyalash ishga o’rgatish oson bo’ladi 


29.Lyutsiy Kolumella qanday iqtisodiy g‘oyani ilgari suradi? 
Mayda dehqonchlikni Afzal deb hisoblagan
30.Avreliy Avgustin Blajenniy qanday iqtisodiy g‘oyani ilgari suradi? 
Ishlamagan tishlamaydi degan g’oyasini ilgari surdi 
31.Nima sababli Sharqda “davlat feodalizmi”ning turli shakllari saqlandi? 
Xususiy yer egalarining turli shaklari saqlangani holda davlat asosiy va unimdor 
yerning egasi sifatida yer solig’ini yig’ish huquqini yoqotmaydi. 
32.Qur’oni Karimda nima xarom qilindi? 
sudxo’rlik ya’ni ribo 
33.Ibn Xaldun fikricha, davlatning kuchi va qudrati nimaga bog‘liq? 
Axolining soni, boylik va farovonlikga bog’liq 
34.Adam Smitning iqtisodiy ta’limotiga ko‘ra mamlakatni iqtisodiy bo‘xrondan 
chiqarish uchun nimalar talab qilinadi? Buning uchun 3 narsa talab etiladi: 
Tinchlik –osoyishtalik,meyoridagi soliqlar
va iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni
35.Amir Temur davridagi yer va mulkchilikning asosan mavjud bo‘lgan to‘rtta 
shaklini ko‘rsating:
1.mulki devoniy- davlat yerlari; 2.mulk-xususiy yerlar; 3.mulki vaqf- madrasa va 
ibodatxonalar tasarrufidgi yerlar; 4.jamoa yerlari
36“Davlatu saltanat uch narsa mulk, xazina va lashkar bilan tikdir” iborasining 
muallifi kim? 
AMIR TEMUR 
37.“G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo uning tarixini uyg‘otish zarur” 
iborasining muallifi kim? 
Xristian ilohiyotchisi A.Avgustian Blajenniy
38,“Insonning bir marta qornini to‘ydirmoqchi bo‘lsang unga baliq ber, agar uni bir 
umr to‘ydirmoqchi bo‘lsang unga qarmoq ber” iborasining muallifi kim? 
39.“Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini 
oshirishning garovidir” iborasining muallifi kim? 
IBN XALDUN 
40.“Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. 
Ko‘zi och odam bor olamni yesa ham to‘ymaydi” iborasining muallifi kim? 
Yusuf Xos Hojib 
41.“Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk”, degan fikr kimga tegishli?
ARISTOTEL 
42.Qullar “gapiruvchi qurollar”, degan fikr kimga tegishli?
VARRON 
43.“Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog‘liqdir” 
iborasining muallifi kim? 
IBN XALDUN 
44.Merkantilizm ta’limotiga ko‘ra boylik qaysi sohada yuzaga keladi?  
Savdo Sotiqda 
45.Merkantilistik g‘oyalar aksariyat holda kimlarning asarlarida o‘z ifodasini 
topgan? 
Ko’p sonli yozuvchilarning asrlarida o’z ifodasini topgan 


46.Merkantilizm milliy ko‘rinishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan davlatni ko‘rsating: 
ANGLIYA 
47.Merkantilizm ta’limoti kelib chiqishiga turtki bo‘lgan omilni ko‘rsating. 
Dastlabki Merkantilizm “pul balansi” siyosatini olib borgan.Bu siyosat pul 
muomalasini,tashqi savdoni qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul 
boyligini ko’paytirishga qaratilgan 
Dastlabki Merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va 
uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. 
48.Bullionizm nima? 
Mamlakat boyligini qimmatbaho metal miqdori orqali ifodalash. 
49.Merkantilizm iqtisodiy konsepsiyasi qaysi tabaqa manfaatlariga javob berar edi 
Savdogarlar
50.Merkantilistlar qanday iqtisodiy g‘oyani ilgari surganlar? 
Savdogar moliga narx qo`yishda barcha sarf-xarajatlarni hisoblab narx yozadi". 
51.Merkantilizmga ko‘ra davlat farovonligining manbai nimada? 
Savdo (xorijliklardam kamroq sotib olish , ko’proq sotishga harakat qilish zarur) 
52.Merkantilizmning tadqiqot predmetini ko‘rsating. 
Muomila sohasidagi iqtisodiy munosabatlar 
53.Ilk merkantilizmda monetarizm (pul balansi) siyosatining mazmunini 
tushuntiring.
Oltin va kumush tangalarni mamlakatga olib kirish va mamlakatdan chiqib ketishini 
taqiqlash 
54.Faol savdo balansida: 
1)Manfaktura sanaotini rivojlanishi 
2) Manfankuraning jadal suratlarda rivojlanishi 
55.Rivojlangan merkantilistlarning siyosati ilk merkantilistlardan nima bilan farq 
qilgan? 
Rivojlangan merkantilistlarning siyosati tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy 
huquq tamoyillariga mos bo`lishini istaydilar.
56.Birinchi bo‘lib “siyosiy iqtisod” tushunchasini kiritgan merkantilizm 
namoyondasini ko‘rsating. 
Antuan Monkretyen
57.Merkantilistlarning kamchiliklarini ko‘rsating. 
Bir mamlakatni boyishi boshqa bir mamlakatning qashoqlashishini hisobiga amalga 
oshadi 
58.Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan? 
Angliya
59.Merkantilizmning tarixiy ahamiyatini ko‘rsating. 
Merkantilizm klassik siyosiy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini kelirib 
chiqardi 
60.Merkantilizm ta’limoti Fransiyada qanday nom olgan? 
Kolbertizm
61.Merkantilizm ta’limoti Germaniyada qanday nom olgan? 


Kameralizm
62.Angliyada 1563 yilda haftasiga ikki kun go‘sht iste’mol qilishni taqiqlashdan 
ko‘zlangan maqsad nima edi? 
Milliy baliqchilik tarmog’ini qo’llab quvvatlash uchun 
63.Monetarizm (pul balansi) siyosatiga muvofiq quyidagi tadbirlarning qaysi biri 
mamlakatdan oltin va kumush tangalarning chiqib ketishining oldini olishga xizmat 
qilgan? 
Importni taqiqlash; chaqalarni ishdan chiqarish tanganqadrini pasaytirish; pullar va 
qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarni olib chiqish taqiqlangan; 
64.Monetarizm (pul balansi) siyosatiga muvofiq quyidagi tadbirlarning qaysi biri 
mamlakatga oltin va kumush tangalarning kirib kelishini ta’minlashga xizmat qilgan? 
Omborlar tashkil etish… oltin va kumush konlarini izlash… oltin va kumush tangalarini 
kursi qayd etib qo’yilgan ingliz pullariga almashtilishi… xorijliklar angliyani tark 
etayotganlarida barcha pullarini sarflash

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling