Иқтисодиёт ва бозорнинг мазмуни нимадан иборат?


Узбекистои молия бозорини мувофиклаштириш ва тартибга солиш тизимиии ривожланиш тарихи


Download 1.93 Mb.
bet15/21
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1596211
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Молия бозори жавоб

Узбекистои молия бозорини мувофиклаштириш ва тартибга солиш тизимиии ривожланиш тарихи
Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali:
-iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;
-davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;
- moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;
- moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.
Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. Shu sababli moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan iboratdir.
Moliya bozorini yuqorida ta‘kidlab ko‗rsatilgan tartiblashtirish jarayonida davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‗oya doirasida moliya bozori faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha qatnashchilari tomonidan so‗zsiz bevosita rioya qilinishi asosida rivojlanishini ta‘minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligini qonunchilik bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda ta‘minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta‘minlash.
Yuqorida aytilganlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiyalarning Xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan 1998-yil sentabr oyida qabul qilingan ―qimmatli qog‗ozlar sohasida tartiblashtirish maqsadlari va tamoyillari‖ nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‗rnatilgan: ―tartiblashtirish ho‗ja-liklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‗sishga ko‗maklashishi zarur‖, buning asosida qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirishning uch maqsadi qo‗yilgan:
1. Investorlarni himoyalash (manipulyatsiya, tovlamachilik va insayderlik hollardan).
2. Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‗lish).
3. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‗ozlar industriyasida risklarni samarali boshqarish).

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling