Иқтисодиёт ва бозорнинг мазмуни нимадан иборат?


-modda. Pay fondining investitsiya aktivlarini tasarruf etishdagi cheklovlar


Download 1.93 Mb.
bet9/21
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1596211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Молия бозори жавоб

19-modda. Pay fondining investitsiya aktivlarini tasarruf etishdagi cheklovlar
Pay fondining pul mablag‘lari:
* fond investitsiya aktivlarining 10 foizidan ortiq miqdorda bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushlariga investitsiya qilinishi;
* tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiya qilinishi;
* ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga investitsiya qilinishi;
* investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanilishi;
* fond investitsiya aktivlari umumiy summasining 10 foizidan ortiq miqdorda investitsiya qilinishi (bundan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish mustasno) mumkin emas.

Инвестиция фондини қайта ташкил этиш ва тугатишнииг узига хос хусусиятлари нималардан иборат?


Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida o‘z faoliyatini tugatmasdan yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o‘zgartirilishga haqli emas. Ishonchli boshqaruvchi bo‘lmagan taqdirda, investitsiya fondining kuzatuv kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud investitsiya fondini tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart.

Молия бозори институционал инвесторларининг аҳамияти нималардан иборат?


Institutsional investorlar moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘z aktivlarini ishonchlilik, diversifikatsiyalash, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qiladilar.
* Institutsional investorlar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiyalarni amalga oshirishda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilishlari lozim:
* investitsiyalarni professional boshqarish;
* manfaatlardagi ziddiyatlar to‘g‘risida ogohlantirish;
* axborotlarning shaffofligini ta’minlash.
Investitsiyalarni professional boshqarish institutsional investorlar tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
* zarurat tug‘ilganda, qimmatli qog‘ozlari investitsiya obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan emitentning affillangan shaxsi hisoblanmagan investitsiya maslahatchilarini investitsiya jarayoniga va tegishli malakaga ega bo‘lgan (investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) tashkilot mutaxassislarini investitsiya aktivlarini boshqarish jarayoniga jalb qilish;
* investitsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari (siyosati) ko‘rsatilgan yillik biznes-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash;
* qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya faoliyatini tashkil qilish (investitsiyalash obyektlarini tahlil qilish, investitsiya qilinadigan mablag‘larni investitsiyalash obyektlari o‘rtasida taqsimlash nisbatini aniqlash, daromadlilikni davriy baholash).
Manfaatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida, institutsional investorning ta’sischilari va mansabdor shaxslari investitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qiluvchi organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar, o‘zining investitsiya obyekti bilan affillanganligi to‘g‘risida axborot berishi kerak.

Молия бозори институционал инвесторлари қандай таркибдан ташкил топган?


Тижорат банкларининг қимматли қогозлар билан операция лари хақида гапириб беринг.
Banklarning qimmatli qog‗ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‗jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda, ushbu bozor qatnashchisi sifatida bir yilning o‗zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‗arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari sifatida; boshqa xo‗jalik yurituvchi subyektlar va davlat qimmatli qog‗ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‗z mijozlariga maslaxatlar beradigan, depozitar operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‗ozlar va pul mablag‗larini boshqarish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatadigan investitsiya muassasalari va x.k. sifatida qatnashishi mumkin. Ayni yilda tijorat banklari fond bozori umumiy infratuzilmasining unsuridir va bu vazifada ularning roli nihoyatda katta, chunki amalda qimmatli qog‗ozlar bozorining xar bir ishtirokchisi bankning xizmatisiz ish tutolmaydi, chunki u hisob – kitob raqami va boshqa hisobraqamlarini ochadi, ularda pul mablaklarini, jumladan qimmatli qog‗ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun ishlatiladigan mablag‗larini saqlaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank mijozi tomonidan veksel yozilayotgan yilda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo‗li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
Тижорат банкларининг андеррайтер фаолияти деганда нимани тушунасиз?

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling