Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №3
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
3 сон тайёр 129
- Bu sahifa navigatsiya:
- МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР
3-jadval 2014-2019 yillarda mahalliy budjetlarning daromadlari manbai dinamikasi Ko’rsatkichlar 2014 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. Mahalliy budjet jami daromadlari, % da 100 100 100 100 100 100 Mahalliy budjetlarga berilgan subvensiyalar (2018 yildan boshlab maqsadli ijtimoiy transfertlar) ulushi, % da 26,0 17,9 13,5 7,0 41,4 25,0 Mahalliy budjetlarning boshqa daromadlari, % da 74,0 82,1 86,5 93,0 58,6 75,0 Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yillardagi “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2099, 2270, 2455, 3454 va h.k. qarorlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi. МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3 133 Yuqoridagi 3-jadvalda 2014-2019 yillar uchun mahalliy budjetlarning daromadlari man- bai dinamikasi keltirilmoqda. Mahalliy budjet- larning daromadlari 2014 yilda barcha daromad- ning 74,0 %ni tashkil etdi. Bu miqdor 2015 yilda 82,1 %, 2016 yilga 86,5% va 2017 yilda 93,0 %ni tashkil etgan. Ushbu miqdor 2019 yilda kamay- gan va 75 % miqdorida belgilangan. Albatta, ush- bu holatni ijobiy baholay olmaymiz. Chunki, ma- halliy budjetlarning respublika budjetiga qaram- ligi qanchalik kamaysa – shuncha yaxshi hisobla- nadi. Xalq ta’limi muassasalariga ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov hamda ijtimoiy nafaqani moliyalashtirish uchun subventsiyalar (2018 yildan boshlab maqsadli transfert to’lovlari) 2014 yilda 26,0 %, 2015 yilda 17,9%, 2016 yilda 13,5 %, 2017 yilda 7,0 %, 2018 yilda 41,4 %ni tashkil etgan. 2019 yilda esa 25,0 % miqdorida belgilangan. Demak, ko’rinadiki, 2014-2017- yillar mobaynida mahalliy budjetlarga berilgan subvensiyalar mahalliy budjet daromadlari tar- kibida kamayish tendensiyasiga ega. (2014 yilda 24 % dan 2017 yilga kelib 7,0 %). Ammo, 2018 yildan boshlab yana oshgan. Ushbu holatni ham ijobiy baholay olmaymiz. Yuridik va jismoniy shaxslarga avtomobil- larga yonilg’i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg’isi va gaz sotishda transport vosita- lari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz narxi av- totransport vositalari uchun benzin, dizel yoqil- g’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisobga olgan holda belgilanadi. 4-jadvalda 2019 yil uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat- lar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari, respublika budjetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori keltirilgan 2019 yilda mahalliy budjetlarning jami daromadi 31083,0 mlrd. so’m, xarajatlari esa 38846,1 mlrd.so’mni tashkil etishi belgilangan. Maqsadli ijtimoiy transfertlarga 7763,1 mlrd. so’m ajratilgan. 2019 yilda 7 ta viloyatga maq- sadli ijtimoiy transfertlar ajratilgan. Mahalliy byudjetlar orqali ijtimoiy iste’mol fondlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar va aholining turli ijtimoiy guruhlari orasida taq- simlanadi. Shu bilan birga, mahalliy byudjetdan mahalliy sanoat, oziq-ovqat sanoati, kommunal xo‘jalik kabi aholi turmush darajasini yaxshilash- ga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘r- satish sohalari ham moliyalashtiriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling