Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
16.3. Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirish. 
 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha nazariyalar: I.Tyunenning «qishloq xo‘jalik 
standarti» nazariyasi; A.Veberning sanoat «shtandortlar» nazariyasi, A.Lyoshning «Joylashtirish» 
nazariyasi, U.Ayzardning «Joylashtirish» nazariyasi, F.Perruning «O‘sish qutblari va 
rivojlanish markazi» nazariyasi. 
Joylashtirish nazariyalarini statik va dinamik nazariyalarga ajratish mumkin. Statik nazariyalar 
XIX asrning birinchi yarmidayoq paydo bo‘lgan. Dinamik nazariyalar esa bir asrdan so‘ng – XX 
asr boshlarida yuzaga kelgan. Dastlabki joylashtirish nazariyalari hozirda klassik standart 


nazariyalar deb atalib, ular Y.G. Fon Tyunen, V. Launxard, A.Veber nomlari bilan bog‘liq. Ushbu 
nazariyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
alohida olingan biror qishloq xo‘jaligi yoki sanoat korxonasining ko‘rib chiqilishi; 
joylashtirishning barcha omillari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plab, ularni umumlashtirib, 
korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning qulay joyi to‘g‘risida aniq javob olish 
mumkinligi to‘g‘risida takliflar mavjudligi. 
Y.G. Fon Tyunen tovar ishlab chiqarishning obektiv qonuniyatlari mavjudligini aniqlagan 
birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826-yilda paydo bo‘lgan). Tyunen qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini sotish bozorida sanoat mahsulotlari bilan ta’minlovchi shahargacha bo‘lgan 
masofaga qarab joylashtirish, ixtisoslashish va qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini tanlash 
modellarini taklif etdi. Tyunen modelida transport xarajatlari joylashtirishning asosiy omili 
sifatida namoyon bo‘ladi.
V. Launxard ham sanoat korxonalarini ko‘rib chiqib, transport omili hal qiluvchi omil, deb 
hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy to‘g‘ri tanlanganligini xomashyo
yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni keltirish uchun transport xarajatlarini 
minimallashtirish bilan asoslangan edi.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling