Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va tarkibiy qismlari
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
18.2.Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va tarkibiy qismlari.
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlar aralashuvi yuqori bo’lgan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo’liga ma’lum to’siqlar qo’yadi va bunday holat milliy mnafaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat istemol bozorlarini himoyalash ichki bandlikni oshirish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va hokozolar kiradi. Iqtisodiy raqobatga bardoshli bo’lgan davlatlar ham bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalarni o’rnatish, bojhona bojlari va ta’riflarini kiritish, mahsulot sifati va uning havfsizligini ta’minlovchi standartlarni o’rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o’z tashqi iqtisodiy siyosatalrini yurgizadilar. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asosiangan. Mamlakatning muvofik tashqi iqtisodiy siyosati deganda, hoshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalish о’zаrо bog’langan: 1) erkinlashtirish: 2) proteksionizm. Ichki bozoni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. Eekinlashtirish – davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy t’siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos.Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko’rinishda amalga oshirilayapti: - alohida mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdoda; - yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o’rtasida; -tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT), Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMTning konferensiyalarni (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy siyosat - bu milliy joriy va strategik maq- sadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat ldoralari tomonidan amalga oshiriladigan choro-tadbirlar yig'indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatining makon jihati jahon va mam- lakat iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning asosiy yo‘nalishlari bo’yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valyuta siyosati. bojxona siyosati kiradi (18.2.1-rusm) Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faoliyat natijalari bilan amalga oshiriladigun ayirboshlashni qamrab oladi va eksport va import siyosatlari birgalikda tashqi savdo siyosatini tashkil etadi. Tashqi savdo bo'yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulklari jahon bozorida sotishga va ushbu lovarlami ishlab chiqarishni rag'batlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Eksport qiluvchi korxonalani rag‘batlantirishda davlat buyurtmalari, byudjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalash va hokazolardan foydalaniladi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling