Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.DAVLATNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
- 18.1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati.
Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; -maxsus vakolatli davlat organlari; -mahalliy davlat hokimiyati organlari; -davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; -xo‘jalik yurituvchi subyektlar; -fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; -nodavlat notijorat tashkilotlari; -fuqarolar. Tayanch iboralar: Tabiiy resurslar, tugaydigan resurslar, tugamaydigan resurslar, ekologik nazorat, qazilma boyliklar,davlatning ekologik nazorati. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1.Tabiiy resurslardan foydanishni tartibga solishda davlatning ekologik siyosati? 2.Hozirgi kunda O’zbekistonda qanday ekologik muammolar mavjud? 3.O’zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilishda qanday xalqari konventsiyalarga a’zo bo’lgan? 4.Tabiiy resurslardan unumli foydalanishda nimalar ahamiyatga ega? 5.Ekologik nazoratning asosiy vazifalari. 6.Ekologik nazorat sub’ektlarini sanab bering? 18.DAVLATNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI 1.Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati. 2.Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va tarkibiy qismlari. 3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita va bevosita usullari. 4.O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini erkinlashtirish bosqichlari. 18.1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati. Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanib borayotganligi, ular o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi hamda iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, har bir davklatdan tashqi aloqalardan oqilona qaratilgan qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosat yuritishni talb etadi.Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining, jahon iqtisodiyoti bilan ichki bozorning tashqi bozorlar bilan o’zaro hamkorligi uchun sifat jihatidan yangi negizlarini shakllantiradigan tub bozor o’zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy omillarni kuchaytirishni taqazo etadi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati – xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni ta’minlash borasidagi davlat faaoliyatining yo’nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora-tadbirlar yig’indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatiuning davlat va xalqning suverinetitini ta’minlashdan iborat bo’lgan, milliy manfaatlarni himoya qilish bo’yicha mexanizmining butun say-harakati ijtimoiy –iqtisodiy integratsion jarayonlarda milliym mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda o’z ifodasini topadi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish tartibini belgilashga doir bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatlar yotadi. Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo’lib tashqi savdo siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijdagi milliy capital qo’yilmalarni tartibga solish borasidagi siyosat valyuta siyosatlari xisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish ko’rinishlari ham mvjud. Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi.Ko’plab davlatlard mavjud bo’lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o’z tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta’sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini siyosiy mexanizm sifatida ta’riflash mumkin. Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan belgilash lozim. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining hatti-harakatlarini iqtisodiy- huquqiy tartibga solishga asosiy o’rin ajratilgan bo’lib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi lozim. Davlatning tashqi iqtisodiysiyosatni normative tartibga solish negizida milliy hamda halqaro huquq meyorlari yotadi. Boroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi munosabatlarini tartibga solishda milliy xuquqiy mehanizmlarning ham ahamiyati katta.Bunday mehanizmlar hozirgi kunda davlatning xalqaro maydondagi strategic faoliyatini belgilashda muhim rol o’ynab kelmoqda. O’zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o’z oldiga qo’ygan vazifalari mavjud bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog’i kerak. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o’ziga xos xususiyatlariga bo’lishi kerak.Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: -eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yahshilash -importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ya’ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish -ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish -mamlakatning iqtisodiy xaffsizligini ta’minlash, ya’ni ma’lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda beksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o’rnatish. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va uarni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o’z ichiga oladi. ` Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo’g’inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlovchi sohalarini aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo’g’inida davlat tomonidan qo’llab –quvvatlash usullaridan keng foydalanish.Bu usullar quyidagilardan iborat: -ekspotrga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun imtiyozli foizlar bo’yicha uzoq muddatli kreditlar ajratish; -milliy investitsiyalarni sug’urtalash; -eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farqni qoplash; -davlat tomonidan respublikagailg’or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish; -eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga fuxsatnomalar berish; -Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashinuvini ta’minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtirivojlantirish va iqtisodiy faoliyatning me’yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling