Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Seminar mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
2.2. Seminar mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi Vaqti – 8 soat Talabalar soni: 25-30 nafar O`quv mashg`uloti shakli Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo`yicha seminar mashg`uloti O`quv mashg`uloti rejasi 1. Merkantilizm va Fiziokrat maktablari namoyondalarining iqtisodiyotda davlatning roli haqidagi qarashlari. 2. Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda Klassik siyosiy-iqtisod namoyondalarining kontseptsiyalari. Iqtisodiy liberalizm. 3. 1929-1933 yillarda iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi. Davlatning iqtisodiy roli haqida Keynscha qarashlarning inqilobi. 4. Iqtisodiyotni tartibga solishda monetaristik nazariya. 5. Iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli. 6. Dunyo mamlakatlarining moliyaviy inqirozga qarshi choralari dasturi. 7. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekiston iqtisodiyotiga ta`siri. O`quv mashg`ulotining maqsadi: Bu seminar mashg`uloti jarayonida turli iqtisodiy maktablar va ularning qarashlari borasida suhbat o`tkaziladi. Bu darsda “aqliy hujum” va “Baxs-munozara” usulini ham qo`llash mumkin. Shuningdek, test yechish mumkin. Pedagogik vazifalar: - mavzu bo`yicha bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash. - darslik bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish; - iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish ko`nikmalarini rivojlantirish O`quv faoliyatining natijalari: Talaba: - turli iqtisodiy maktab qarashlari va tushunchalari sharhlab beradi. - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tadrijiy rivojlanishini izohlab beradi; - barqaror iqtisodiy o`sish modellarini tavsiflaydi; - - iqtisodiy inqirozning kelib chiqish sabablarini izohlab beradi - zamonaviy nazariyalar haqida mustaqil fikrlarini bildiradi. O`qitish uslubi va texnikasi Blits-so`rov, birgalikda o`qiymiz, iqtisodiy esse, “iqtisodiyot”, “ehtiyoj” so`zlariga klaster, munozara. O`qitish vositalari Ma`ruza matni, o`quv qo`llanmasi, proektor, flipchart, marker, doska. O`qitish shakli Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, individual va guruh bo`yicha o`qitish. O`qitish sharoitlari Komp yuter texnologiyalari, proektor bilan ta`minlangan, guruhda dars o`tishga moslashtirilgan auditoriya. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling