Mavzu: Suyakli baliqlarning ko’payishi va individual rivojlanishi


Download 1.98 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1539717
  1   2   3   4   5

Biologiya 2 kurs 202 guruh talabasi Boboqulova Muazzamning Individual rivojlanish biologiyasi fanidan Suyakli baliqlarning ko’payishi va individual rivojlanishi mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:Suyakli baliqlarning ko’payishi va individual rivojlanishi

Reja:

1. Suyakli baliqlarning xilma-xilligi, skelet tuzilishi.

2. Ichki organlar sistemasining tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar.

3. Suyakli baliqlarning biologiyasi, ekologiyasi va kelib chiqishi

4. Suyakli baliqlarning ko’payishi

5.Suyakli baliqlarning individual rivojlanishi

6.Xulosa

7.Foydalanilgan adabiyotlar

Skeleti. Umurtqa pog‘onasi amfisel suyak umurtqalardan tashkil topgan. Umurtqa pogonasi faqat tana va dum qismlarga bo‘linadi. Umurtqalarda ostki va uski yoylar bor. Tana bo‘limida faqat uski o‘simtalar tutashib, orqa miya kanalini hosil qiladi. Bu erda yoylarning o‘tkir o‘simtalari bo‘ladi. Tana bo‘limidagi oski yoylar tutashmaydi, o‘tkir o‘simtalari yo‘q va ularga qovurg‘alar kelib qo‘shiladi. Umurtqalar tana bo‘shlig‘ini faqat yuqoridan emas, balki yon tomondan ham chegaralashi bilan tog‘ayli baliqlardan farq qiladi. Dum bo‘limida umurtqalarning ham oski, ham uski yoylarida o‘tkir o‘simtalar bo‘ladi. Ularning o‘zaro tutashishidan gemal kanal hosil bo‘ladi. Bosh skeleti ko‘p qismi usma–us joylashgan. yoki xondral suyakdan kelib chiqan.

Suyakli baliqlar bosh skeletining tuzilishi: 1-pastki ensa suyagi; 2-yon ensa suyagi; 3-ustki ensa suyagi; 4-quloq suyaklari; 5-asosiy ponasimon suyak; 6-qanot-ponasimon suyak; 7-ko‘zponasimon suyak; 8-oraliq hidlov suyagi; 9-yon hidlov suyagi; 10-bosh tepa suyagi; 11-peshona suyagi; 12-burun suyagi; 13-parasfenoid; 14-dimog‘ suyagi; 15-tang‘lay suyagi; 16-kvadrat suyagi; 17-qanotsimon suyak; 18-jag‘aro suyak; 19-ustki jag‘ suyagi; 20-qo‘shuv suyagi; 21-tish suyagi; 22-burchak suyagi; 23-giomandibulyar; 24-simplektikum; 25-jabra yoylari.

Hazm qilish organlari. Ko‘p turlarining og‘iz bo‘shligida talaygina bir cho‘qqili qonussimon tishlar bor. Bu tishlar faqat tish, yuqorgi jag‘, jag‘ oldi suyaklaridan iborat bo‘lgan jag‘ suyaklaridan emas balki tanglay, qanotsimon suyak, soshnik va parasfenoidda ham joylashgan. Og‘iz bo‘shlig‘i kalta qizilgungachga ochiluvchi halqumdan yaqqol ajralib turmaydi. Me’dasining shakli va kattaligi har xil bo‘lib, ba’zi turlarida u yaqqol ko‘rinmaydi. Ichak sistemasi, tog‘ayli baliqlarnikiga qaraganda morfologik jihatdan differensiallashgan emas. Spiral klapanlari yo‘q. Ammo ko‘p turlari ichak sistemasining boshlagich qismida ba’zan pilorik o‘simta deb ataluvchi ko‘r o‘simtalar bo‘ladi. Ular ichak sistemasining hazm qilish sistemasining yuzasini oshiradi va tog‘ayli baliqlardagi spiral klapanlar singari, oziq massasi o‘tishini sekinlashtiradi. Pilorik o‘simtalarning soni har xil baliqlarda turlicha: okunda 3 ta, lososda 40 ta, skumbriyada 200 taga yaqin.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling