Suyakli baliqlarning ko’payishi - Jinsiy organlari tuzilishiga ko‘ra, tog‘ayli baliqlardan farq qiladi. Juft urug‘don va tuxumdonlar ichki bo‘shliqqa ega bo‘lib, ular siydik teshigidan alohida tanosil so‘rg‘ichiga ochiladi. Urg‘ochilarida tog‘ayli baliqlarda tuxim yo‘li vazifasini bajaruvchi Myuller kanali yo‘q. Erkaklarida esa urug‘don buyrak bilan qo‘shilmaganligi tufayli Volf kanali faqat siydik yo‘li vazifasini bajaradi.
- Uvildirig‘i mayda va yupqa dirildoq pardali; urchishi, odatda, tashqi.
- Tog‘ayli baliqlar. (Chondrichthes) umumiy arakteristikasi. Ular hozirgi kunda baliqlarga nisbatan kam sondagi 800 dan ortiq turini o‘z ichiga oladi.
- Skeleti hayoti davomida tog‘ay bo‘lib qoladi. Terisi sodda tuzilishidagi plakoid tangachalardan iborat. Jabra teshiklari ko‘p 5-7 ta bo‘ladi. Ularning har biri alohida tashqariga ochiladi. Jabra qopqoqlari bo‘lmaydi. Juft suzgichlari gorizontal joylashgan. Ularda havo yoki suzgich pufakalri yo‘q. Tanasining o‘lchami hilma xil 20 sm dan 15-20 m gacha boradi. Kaspiy dengizidan tashqari hamma dengizlarda tarqalgan. Ayrim turlari daryolarga ham chiqadi. Ov xo‘jalik ahamiyati katta.
- Protocrania jag‘lilardan Crathostomata – Ectobranchiata) tashkil topgan. Bulardan baliqlar va takomillashgan boshqa umurtqalilar paydo bo‘lgan. Devon davrida esa juda xilma – xil guruhlarning vakillari topilgan. Panserli baliqlar ham chuchuk, ham uncha sho‘r bo‘lmagan suvlarda yashagan. Ular toshko‘mir davrigacha yashagan. Haqiqiy tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) devon davridan ma’lum bo‘lib, bir necha kenja sinflardan tashk il topgan. Bulardan bir-biriga yondosh joylashgan suyak plastinkalar bilan qoplangan mayda Acanthodii ni ko‘rsatish mumkin. Dastlabki akulalar (Proselachii) kenja sinfini eslatib, ulardan yaxshi ma’lum bo‘lgani keyingi devon vakili – Cladoselacheni ko‘rsatamiz.
- Plastinka jabralilar (Elasmobranchii) toshko‘mir davrida topilgan. Ular akulasimon baliqlardan iborat bo‘lgan. Skatlar faqat mezozoyda (yurada) paydo bo‘lgan. Bir oz oldinroq triasda yaxlit boshlilar (Holocephali) ajralib chiqqan bo‘lib, ular hech qachon ko‘p sonli bo‘lmagan.
- Suyakli baliqlarning ancha erta devon davridayoq bir necha guruhi paydo bo‘lgan. Mezozoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqqan. Hozirda ular hukumron baliqlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |