Harakat organlari va ularning kamarlari. Ko‘krak suzgichlarning skeletida bazaliy yo‘q va u bevosita bel kamariga birikuvchi suyak radialiyalardan va suyak nurlardan iborat. Oldingi juft kamari xondral kelib chiqishiga ega bo‘lgan mayda korakoid va ko‘rak suyakdan iborat. Birlamchi kamarni hosil qiluvchi xondral suyaklarga ikkilamchi kamarning suyaklari qo‘shiladi. Ularning asosiysi katta o‘roqsimon kleyturum bo‘lib, u mayda suyakchalar vositasida miya qutisiga birikadi. qorin suzgichlarining skeleti faqat teri suyak nurlaridan iborat. Orqa harakat organlarining kamari juft uzunchoq platsinkalar shaklida muskul qavatida joylashgan. Og‘iz bo‘shlig‘i kalta qizilgungachga ochiluvchi halqumdan yaqqol ajralib turmaydi. Me’dasining shakli va kattaligi har xil bo‘lib, ba’zi turlarida u yaqqol ko‘rinmaydi. Ichak sistemasi, tog‘ayli baliqlarnikiga qaraganda morfologik jihatdan differensiallashgan emas. Spiral klapanlari yo‘q. Ammo ko‘p turlari ichak sistemasining boshlagich qismida ba’zan pilorik o‘simta deb ataluvchi ko‘r o‘simtalar bo‘ladi. Ular ichak sistemasining hazm qilish sistemasining yuzasini oshiradi va tog‘ayli baliqlardagi spiral klapanlar singari, oziq massasi o‘tishini sekinlashtiradi. Pilorik o‘simtalarning soni har xil baliqlarda turlicha: okunda 3 ta, lososda 40 ta, skumbriyada 200 taga yaqin. Nafas olish organlari. Jabralararo devorlarning bo‘lmasligi va jabra yaproqlarining bevosita jabra yoylariga qo‘shilishi bilan bular tog‘ayli baliqlardan farq qiladi. To‘rtta to‘liq jabrasi bor. Bundan tashqari, jabra qopqoqlarining ichki tomonida soxta jabralar deb ataluvchi bir qator boshlangich jabra yaproqlari joylashgan. Nafas olish akti jabra qopqoqlari bilan va og‘izning harakati natijasida jabra apparatiga suvni xaydash va undan chiqarish jarayonida jabrailadi. Qon aylanish organlari. Ko‘pchilik turlarida arterial qonus yo‘q. qorin aortasining boshlanishida tashqi tomondan arterial qonusga birmuncha o‘xshash bo‘lgan, ammo silliq muskuldan emas, bilki ko‘ndalang yo‘lli muskuldan iborat bo‘lgan muskulsimon shish-aorta so‘g‘oni joylashgan. Demak, bu hosila mutaqil pul’sasiya xususiyatiga ega emas. Jabralar soni to‘rt juft bo‘lgani uchun keltiruvchi va chiqaruvch jabra arteriyalari soni ham to‘rtta. Ko‘p turlarning venoz sistemasidagi kardinal venaning uzluksizligi harakterlidir: demak, faqat, chap kardinal vena buyrakning shu tomonida qon aylanishining qaytarish sistemasini hosil qiladi. - Qon aylanish organlari. Ko‘pchilik turlarida arterial qonus yo‘q. qorin aortasining boshlanishida tashqi tomondan arterial qonusga birmuncha o‘xshash bo‘lgan, ammo silliq muskuldan emas, bilki ko‘ndalang yo‘lli muskuldan iborat bo‘lgan muskulsimon shish-aorta so‘g‘oni joylashgan. Demak, bu hosila mutaqil pul’sasiya xususiyatiga ega emas. Jabralar soni to‘rt juft bo‘lgani uchun keltiruvchi va chiqaruvch jabra arteriyalari soni ham to‘rtta. Ko‘p turlarning venoz sistemasidagi kardinal venaning uzluksizligi harakterlidir: demak, faqat, chap kardinal vena buyrakning shu tomonida qon aylanishining qaytarish sistemasini hosil qiladi.
- Nerv sistemasi va sezgi organlari. Bosh miyasi bir qancha belgilari bilan tog‘ayli va tog‘ay-suyak baliqlar bor miyasidan oddiyroq tuzilgan. Uning xajmi nisbatan kichik, oldingi miyasi ancha kichik, oldingi miya qopqog‘i ko‘plarida epiteliydan iborat bo‘lib, nerv moddasi yo‘q. Miya yarim sharlarining ichi tog‘ayli baliqlardagi kabi to‘siq bilan to‘liq ajralmagan. O‘rta miya va miya nisbatan katta.
- Ko‘rish organi baliqlarga xos bo‘lgan tipda tuzilgan: Ko‘z gavhari yumaloq, shox qismi yassi bo‘lib, shuning uchun ham biliqlar «yaqindan ko‘ruvchidir». Ko‘z soqqasida qon tomirli pardadan chiqib oldingi uchi bilan ko‘z gavhariga kelib qo‘shiluvchi o‘roqsimon o‘simta mavjud. Bu o‘simta muskil tolalarining qisqarishi gavharni harakatlantiruvchi, ya’ni akkomodatsiya bo‘ladi.
- Eshitish organi faqat ichki quloqdan iborat. Ilgari mavjud bo‘lgan fikrlarga qarshi o‘laroq, baliqlar xilma xil tovush chiqaradi, o‘zaro «gaplashadi». Ular chiqaradigan tovush diapazoni keng va 30 Gs-12 kGs artofida o‘zgarib turadi. Tovush signallari bir tur individlari oraisidagi munosabatni, oziq axtarishda, jinsiy aloqalar vaqtida dushman xaqida jabra va tabiiy yashash joyi egallangani xaqida xabar berishda katta ahamiyatga ega. Baliqlar har xil tovush chiqaradi, shivirlaydi, g‘ijillashadi, shaqillaydi, sayraydi, ingraydi va hakozo. Tishlarining o‘zaro ishqalanishi, suyaklar qo‘shilish joylarining harakati va jabra qopqog‘i suyaklari harakat natijsida tovush paydo bo‘ladi. Ba’zan esa suzgich pufakchalaridagi gaz hajmining o‘zgarishida, ular bilan bog‘lq eshitish suyaklarining harakatda ham hosil bo‘ladi. Tovushlari qabul qilish baliqlar hayotida muxim ahamiyatga ega.
- Hid bilish va yon chiziq organlari muhim ahamiyatga ega emas.
- Ta’m bilish organlari. Nerv tolalari bilan o‘ralgan hujayralar to‘plamidan tashkil topgan ta’m sezish kurtaklaridan iborat. Ta’m sezish kurtaklari faqat og‘iz bo‘shligida emas, balki terining tashqi qavatida ancha ko‘p joylarda ham tarqalgan.
- Ayirish organlari umurtqa pog‘onasining har ikki tomonida suzgich pufagi usida joylashgan uzun lentasimon mezonefrik buyrakdan iborat. Buyrakning ichki tomoni bo‘ylab Volf kanaliga gomologik bo‘lgan siydik yo‘llari joylashgan. Ular tashqariga ochilishidan oldin o‘zaro qo‘shilib, siydik–tanosil so‘rgichiga ochiluvchi bitta kanal hosil qiladi. Ba’zilarida siydik pufagiga siydik yo‘llari orqa tomondan kelib qo‘shiladi.
- Azot almashuvining asosiy mahsuloti ammiak bo‘lib, faqat ayrim holatlarda mochevina bo‘lishi mumkin. Ammiak kuchli toksik xususiyatga ega bo‘lgani tufayli uning qonda qonsentrasiyalanishi maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun ham ammiak suvda erishiga bog‘liq xolda jabra orqali, qisman teri orqali buyrakdan tashqari bo‘ladigan ayirish jarayonlarining ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |