Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Savollar, topshiriqlar va ularga javoblar
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Savollar, topshiriqlar va ularga javoblar
1. «Xorijiy mamlakatlarda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish tajribasi» holati tahlili jadvali. № Tahlil yo`nalishi Tahlil natijalari 1. Tabiiy monopoliya sub`ektlarining qonunga rioya etmaslik holatlari ustidan nazorat va chora- tadbirlar Xorijiy mamlakatlarda davlat tomonidan joriy etilgan tartibga ko`ra, tabiiy monopoliya sub`ektlarining qonunga rioya etmaslik holatlari ustidan qattiq nazorat o`rnatilgan bo`lib, «raqobatni cheklashga qaratilgan kelishib qilingan barcha harakatlari» uchun antimonopol yoki boshqa nazorat xizmati organlari tomonidan tegishli jazo chora-tadbirlari ko`zda tutilgan. Misol uchun, AQShda qasddan raqobatni cheklash hamda o`z mavqeini suiiste`mol qilishga qaratilgan har qanday monopolist korxona (korporatsiya)ga nisbatan sudning qarori bilan 10 million dollar miqdorida, jismoniy shaxslariga nisbatan 350 ming dollar miqdorida jarimaga tortish yoki ularga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi qo`llash ko`zda tutilgan. Evropa komissiyasining 1988 yil 21 dekabrdagi qarori bilan bir qator yirik neft -kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi monopol korxonalarga nisbatan «yashirin mahsulot sotish savdosida qatnashishlari bo`yicha shartnomalar tuzilganligi uchun va uning oqibatida kartelli kelishuvlarga yo`l qo`yganliklari uchun» qatnashchilarning barchasiga jami 60,5 mln. ekyu miqdorida jarima qo`llanilgan. 2. Nazorat ostiga olingan asosiy faoliyat yo`nalishlari Xorijiy mamlakatlarda ko`pchilik antimonopol yoki tegishli nazorat xizmati organlari asosan monopol korxona yoki korporatsiyalarning iqtisodiy kontsentratsiyalashuvi, qo`shilishi, birlashishi ustidan qattiq davlat siyosatini olib borishadi. 3. Nazorat qilish amaliyotining qo`llanilishi Nazorat qilish amaliyoti har xil qo`llaniladi. Misol uchun, AQShda har bir monopol tarmoqlarni tartibga soluvchi maxsus komissiyalar faoliyat yuritib, ular bevosita nazorat funktsiyasini ham bajaradi. «Energetika departamenti to`g`risida»gi Kongressning (1977 yildagi) qonuniga asosan, Energetikani tartibga solish bo`yicha federal komissiyasi qoshida energetika departamenti ham tuzilib, uning vazifasi yoqilg`i energiyalarini magistrallar orqali uzatish va ularga tariflarini belgilash orqali nazorat qilish kiradi. Lekin, har bir shtat o`zi iste`mol qilgan elektr energiyasiga o`zi tarif belgilaydi, shunga ko`ra 50 ta shtatning elektr energiyasi tariflari 50 xil bo`lishi mumkin. Aeroport xizmatlarini nazoratga olish bo`yicha avval maxsus transport departamenti shug`ullanib, keyinchalik bu funktsiyalar adliya departamenti nazoratiga o`tkazildi. Shuningdek, AQShda issiqlik energiyasi ta`minoti bo`yicha tabiiy monopol tarmoq hisoblanmaydi, chunki har qanday iste`molchi issiqlik energiyasi bilan avtonom isitish uskunalariga ega. Xuddi shunga o`xshash, ko`mir bo`yicha ham sohada bir qancha o`zaro raqobatchi kompaniyalar xizmat qilishini hisobga olib tarmoq nazoratga olinmaydi. Bundan tashqari pochta xizmati ham monopol tarmoq hisoblanmaydi, chunki tarmoqda to`liq raqobat muhiti yaratilganligi uchun davlat nazorat o`rnatilmagan, faqat pochta tariflari bo`yicha maxsus komissiya mustaqil ravishda tariflarni belgilab turadi. 4. Nazorat qiluvchi idoralar tavsifi AQShda Sherman qonuniga binoan barcha monopoliya sub`ektlari nazorat qilinib, Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limiga uni nazorat qilib borish yuklatilgan. Biroq, Adliya departamentining monopoliya sub`ektlariga nisbatan olib borgan qattiq nazorati va siyosati tufayli, Kongress Savdo federal komissiyasi (SFK) to`g`risidagi qonunini (1914 yilda) qabul qilinishi bilan komissiyaga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganligi uchun nazorat olib borish huquqi berildi. Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi ham Savdo federal komissiyasi ham Sherman qonunini nazorat qilish bilan shug`ullanib, barcha monopol mavqeiga ega bo`lgan korxona va korporatsiyalarning kartelli kelishuvlari, narxlarni xufyona kelishish yo`llari bilan o`rnatish bo`yicha hamda narxlarni sun`iy ravishda kamaytirish yoki ko`tarish yo`lidagi kelishilgan xatti-harakatlar ustidan nazorat va qidiruv tergov ishlarini olib borish bilan shug`ullanadi. Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi faoliyati asosan quyidagi tarmoqlarga qaratilgan: - transport, avialiniyalar, energiya, qishloq xo`jaligi; - telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari; - texnologiyalar va aloqa tarmoqlari. Savdo federal komissiyasi esa iqtisodiyotning: - energetika sohasi – aholi va ishlab chiqarish uchun, gaz va neft , elektr energiyasi; - sog`liqni saqlash va dori-darmon retseptlari bo`yicha; - ulgurji savdo, iste`mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi; - yuqori texnologiyalar sektori, komp yuterlar, internet, kabelli televideniyalar va programmalashtirish sohasi kabi tarmoqlarini nazorat qiladi. AQShning Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limini bosh adliya yordamchisi (bizning sharoitda Adliya vaziri o`rinbosari) boshqaradi va u Prezident tomonidan tayinlanadi, uni Kongress tasdiqlaydi. Savdo federal komissiyasining o`zi ham sud yalarni yollash orqali ishlarni tahlil qilish va qidiruv o`tkazish, sud qilish kabi amaliyotlarni qo`llash vakolatiga ega. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling