Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
O’zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni va uning
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
17.4. O’zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni va uning ahamiyati. Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish; atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash; mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash; atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish; tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash. Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: -ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish; -fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atrof muhitni yaratish; -ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi), mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan atrof muhitning muhofaza qilinishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash borasida hamkorlik qilishining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish; ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling