Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda
oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog`liq bo`lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi; 3) iqtisodiy turg`unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo`shimcha urinishlarsiz o`zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to`g`risida qayg`urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi; 4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to`sib qo`yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to`sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo`lgan korxonalarni o`zlariga bo`ysundirishlari, jamiyatga o`z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to`lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o`ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o`z mahsulotini iste`mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o`zlarining kamsituvchi shartlarini ko`ndalang qo`yishlari mumkin. 2. O`ZBEKISTONDA TABIIY MONOPOLIYa SUB`EKTLARI FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh USULLARI Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo`llashidan maqsad quyidagilardan iborat: - tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo`lgan monopol holatini suiiste`mol qilishini oldini olish; - iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish; - jamiyat manfaatlari yo`lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo`llab- quvvatlash. Ushbu maqsadlarga erishish iqtisodiyotda joriy etilgan tartibga solish usullarining qanchalik samarali ishlashini hamda har qanday davlatda qabul qilingan nazorat qilish mexanizmlarining optimal tashkil etilganligiga bog`liq. O`zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning bir qator usullarini qo`llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O`zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to`g`risida»gi qonunning 9-moddasida belgilangan bo`lib, «tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi». O`zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi faoliyatlari ustidan nazorat qiladi: 1) tabiiy monopoliya sub`ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini yoki foydalanish huquqini qo`lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub`ekti o`z kapitali qiymatining 10%dan ortiq bo`lsa); 2) tabiiy monopoliya sub`ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk huquqini yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo`jalik yurituvchi boshqa sub`ektga o`tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub`ekti o`z kapitali qiymatining 10%dan ortiq bo`lsa); 3) iste`molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlar hajmi bo`yicha shartnomalarga rioya etilishi ustidan; 4) tovarlar narxini chiqarish hamda narxlar (tariflar)ni qo`llash tartibiga rioya etish ustidan; 5) tabiiy monopoliya sub`ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi ustidan. Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub`ektlarining har bir qiladigan ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat olish yo`li bilan amalga oshirilib turiladi. Ya`ni, yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, agar tabiiy monopoliya sub`ektlari o`zining o`n foizdan ortiq balans qiymatiga ega bo`lgan asosiy vositalarini tasarruf etish yuzasidan tuziladigan bitimlari, yoxud ularni egalik qilish bilan bog`liq harakatlari uchun oldindan monopoliyaga qarshi davlat organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga oshirishga rozilik so`rab iltimosnoma taqdim etishi shart, deb belgilab qo`yilgan. Agar bunday harakatlar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan muvofiq emas deb topilsa, rad etilishi ham qonunda o`z aksini topgan. Bunday nazoratning o`rnatilishidan maqsad, tovar bozorlaridagi kompaniyalar monopol mavqeining yanada oshib ketishi, mutlaq hukmronligiga olib kelishi, iste`molchilarning haq- huquqlariga ziyon keltirishi xavfini kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. O`zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub`ektlariga nisbatan o`rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy monopoliya sub`ektlarining o`z ustun mavqeini suiiste`mol qilishlarini oldini olishga, belgilangan narxlarni asossiz oshirishlarini oldini olishga, iste`molchi manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi ularning ustun mavqeni qattiq boshqarib turishga qaratilgan. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling