Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
-bоsqich Kichik guruhlarga to`g`ri javоb beriladi va «to`g`ri javоb» bo`limini to`ldirish taklif etiladi. 4-bоsqich
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bоsqich Trener
- 1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari.
3-bоsqich
Kichik guruhlarga to`g`ri javоb beriladi va «to`g`ri javоb» bo`limini to`ldirish taklif etiladi. 4-bоsqich Talabalardan «to`g`ri javоb» bo`limidagi raqmlardan «yakka bahо» kattasidan kichigini ayirib «yakka hatо» bo`limiga yozishni, «to`g`ri javоb va «guruh bahоsi» o`rtasidagi farqni «guruh xatоsi» bo`limiga yozib chiqish talab etiladi 5-bоsqich Trener va guruh hatоlarining umumiy sоni bo`yicha tushuncha beradi, ularni sharhlab beradi. III. NAZARIY MAShG`ULOTLAR MAZMUNI 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisodiy siyosatning maqsadlari. 1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari. Bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Fanning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o`ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o`zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko`rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o`rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir. Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo`lni bosib o`tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilar o`rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy sub`ektlari o`rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni yaratishdan to uni iste`mol etishgacha bo`lgan davrni qamrab oladi. Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ko`rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo`lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo`lib hisoblanadi. Ma`lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo`lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste`molchi o`rtasidagi aloqalarni bo`glaydi. Tarmoqlar o`rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta`minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo`ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo`lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo`la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o`smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o`rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o`z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo`lmoqda. Masalan: temir yo`l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba`zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu`giladi. Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma`lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko`rsatishda (ishsizlarga, tu`gma nogironlarga), pensiya ta`minotida, mudofaani ta`minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta`sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu`giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat aralashuvisiz tartibga solib bo`lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o`zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi. Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir: 1. Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta`minlash; 2. Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va h.); 3. Qonuniy tartibga solish vazifasi; 4. Muvofiqlashtirish vazifasi; 5. Ijtimoiy yo`naltirilgan vazifasi; 6. Taqsimlash; 7. Nazorat va boshqalar. Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo`lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko`rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling