Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Y
C yoki MPC = dY dC Iste`mol va umumiy daromad o`rtasidagi nisbatni esa u iste`molga bo`lgan o`rtacha moyillik deb atadi: APC = Y C . Keyns tomonidan ochilgan asosiy psixologik qonunga muvofiq iste`molga bo`lgan chekli moyillikning miqdori O dan 1 gacha bo`lgan oraliqda yotadi: O < Y C < 1. Keyns o`z kontseptsiyasini asoslash uchun “iste`molga bo`lgan moyillik” tushunchasi bilan bir qatorda “jam`garishga bo`lgan moyillik” tushunchasini kiritdi. Jam`garishga bo`lgan moyillik - bu jam`garma (S) miqdori o`zgarishi bilan uni o`zgartirgan daromad o`zgarishi o`rtasidagi nisbatdir: MPC = Y S . Jam`garishga bo`lgan o`rtacha moyillik esa jam`garishning umumiy daromadga bo`lgan nisbati bilan ifodalanadi: APS = Y S . Bu o`rinda shuni ta`kidlash joizki, agar umumiy daromad oshsa, u holda kishilar ushbu orttirilgan daromadning bir qismini iste`molga, ikkinchi qismini esa jam`garishga yo`naltiradilar. Shuning uchun iste`mol va jam`garma o`zgarishlari yi`gindisi, albatta, daromad o`zgarishiga teng bo`lishi lozim, ya`ni Y S C Demak, Y S = Y S = 1. Jam`garishga bo`lgan chekli moyillikka iste`molga bo`lgan chekli moyillik nisbati uni birgacha to`ldiruvchi kattalik ekanligi yuqoridagi formuladan ko`rinib turibdi. Qisqa muddatli makroiqtisodiy modellarda iste`mol va daromad o`rtasidagi nisbat chiziqli hisoblanadi va u quyidagicha ifodalanadi: S qA = S x Y, bu yerda: A - jamiyat daromadi darajasi O ga teng bo`lgan vaziyatda iste`mol darajasi (musbat kattalik); 1 Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер. с англ. -М.: «Иностранная литература», 1948. 90-бет. U - avtonom iste`mol deb ham ataladi, chunki u daromadga bo`gliq emas; S - iste`molga bo`lgan chekli moyillik. Keynscha nazariyaning daromad va bandlik darajasini belgilovchi asosiy tenglamasi quyidagi ko`rinishga ega: U = S (Y) = 1. Agar iste`mol funktsiyasi chiziqli funktsiya ekanligini nazarda tutadigan bo`lsak, u holda yuqorida keltirilgan asosiy tenglama mana shunday ko`rinishda ifodalanadi: Y q A Q S x Y Q 1 . Demak, sarmoyalar hajmi va iste`mol funktsiyasi ko`rinishi daromad va bandlik darajasini belgilovchi omillar ekan. Investitsiyalar hajmining o`zgarishi milliy daromadning ham ana shu yo`nalishda o`zgarishiga olib keladi. Keyns nazariyasiga ko`ra, mul tiplikator jam`garishga bo`lgan chekli moyillikka teskari kattalikdir yoki 1 soni bilan iste`molga bo`lgan chekli moyillik o`rtasidagi farqqa teskari kattalikdir, ya`ni: M = MPS 1 yoki M = MPC 1 1 . Mul tiplikativ effekt har bir qo`shimcha mabla`g tovarlarga bo`lgan talabning ortishiga, u ham, ravshanki, (ishlab chiqarish omillaridan to`la foydalanilmayotgan sharoitda) o`ziga teng ravishda daromad ortishiga olib kelishini ko`rsatadi. Ammo daromadning ortishi, o`z navbatida, daromadi oshgan kishilar tomonidan iste`molning kengayishiga olib keladi: MPC = Y C S = MPC x Y Agar Y q 50, MPC = 0,5, I = 50 bo`lsa, u holda C q 25. Bu yerda agar iste`mol ortsa, u holda jami talab ham va demak, daromad ham ortishini ta`kidlab o`tish joiz. Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns “samarali talab” ni shakllantirish, ya`ni kapital mabla`glarini va iste`molni eng ko`p darajada ra`gbatlantirish zarur ekanligini taklif qildi. Uning fikriga ko`ra, sarmoyalar orttirish bandlikning o`sishiga va daromadning ortishiga olib keladi. Daromad ortishi jam`garmalar shaklida emas, balki investitsiya sifatida sarflanishi uchun buyuk iqtisodchi olim qarz foizi me`yorini pasaytirishni taklif qildi. U davlat aralashuvini “samarali talab” ga, va, demak, to`la bandlikka erishish vositasi, deb bildi. «Davlat, - deb yozgan edi J.Keyns, - iste`molga bo`lgan moyillikka nisbatan o`zining rahbarlik ta`sirini qisman mos tizim yo`li bilan, qisman foiz me`yorini belgilash bilan va qisman, ehtimol, yana boshqa usullar bilan ro`yobga chiqarishi lozim bo`ladi» 1 . U past foiz me`yori orqali yuqori foyda olishni ta`minlaydi, tadbirkorlarda optimistik kayfiyatni kuchaytiradi, ularning sarmoya solishga bo`lgan moyilligini qo`llab-quvvatlaydi va yuksalish holatini ushlab turadi, deb hisobladi. Keyns davlat byudjeti orqali byudjet kamomadi paydo bo`lishidan hayiqmagan holda katta xarajatlar qilish taklifi bilan chiqdi. Bunda u byudjet kamomadi qo`goz pullarni qo`shimcha muomalaga chiqarish yo`li bilan qoplanishini nazarda tutadi. Uning fikricha, davlat kapital mabla`glari foiz me`yorini pasaytirib, yuksalish holatini uzaytiradi. Bularning barchasi inqirozning oldini olishga xizmat qiladi. Zamonaviy keynschilar soliqlar, davlat xarajatlari, byudjet kamomadi, davlat qarzi davlat yo`li bilan boshqarishning asosiy vositalari, deb hisoblaydilar. Ularning ta`kidlashicha, sanoat yuksalishi davrida daromadlar ortgan sari soliq tushumlari ham ko`payib boradi. Bu esa ortiqcha talab va ortiqcha 1 Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер-с англ. –М.: «Иностранная литература», 1948. - С. 364. ishlab chiqarishning paydo bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Inqirozning boshlanishi ishsizlikning ortib borishi davlat byudjetidan ishsizlik bo`yicha nafaqa to`lovlarining ortib borishiga olib keladi. Bu esa to`lovga qobiliyatli talabning kamayishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun ular tomonidan moliyaviy kompensatsiya o`rnini qoplash siyosati va kamomadli moliyaviy ta`minlash nazariyalari ol`ga surilmoqda. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling