Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- 2. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI 2.1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqida Merkantilizm va Fiziokrat
Asosiy tushuncha va atamalar
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi, davlat sektori, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning to``gri va egri usullari, indikativ rejalashtirish, davlat dasturlari, markazlashtirilgan rejalashtirish. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmining ustunlik va kamchilik tomonlarini ayting? 2. Bozor mexanizmi qanday ijtimoiy vazifalarni bajara olmaydi? 3. Davlat boshqaruv rolisiz kerakli natijalar bera olmaydigan bozor mexanizmi vazifalarni sanang? 4. Zamonaviy davlatning iqtisodiy vazifalari nimalardan iborat? 5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish shaklinining asosiy rivojlanish boqichlarini tavsiflang. Davlat tomonidan tartibga solishdan asosiy maqsad. YaIM va davlat xarajatlari xajmi o`rtasidagi mutanosiblik nimani bildiradi? 6. Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tishda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiyatlarini ayting? 2. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI 2.1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqida Merkantilizm va Fiziokrat maktablari namoyondalarining nazariy qarashlari. Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlan`gich davriga to``gri keladi (XV- XVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantilizm – bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi maktab bo`lib, uning mashhur namoyondalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571-1641 y.). Merkantilizm kapitalni dastlabki jam`garilishi davriga xos bo`lib, savdo burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir: 1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha ko`p pulga ega bo`lsa, u shuncha badavlat hisoblanadi) 2) davlat xokimiyati yordamida pul boyliklarini jam`garishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoyondalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar o`rtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlarni olib borishi zarur deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovarlarni olib chiqishni ra`gbatlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, ba`zi tovarlarni esa olib kirilishini ta`qiqlash bilan protektsionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil ol`ga suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish. Merkantilizm maktabi «Siyosiy iqtisod» atamasining paydo bo`lishi bilan bo`gliq. U frantsuz merkantilisti A.Monkrettonning 1615 yilda chiqqan «Siyosiy iqtisod traktlari» kitobiga kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi bo`lib iste`mol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb e`lon qildilar. Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng ko`zga ko`ringan namoyondasi – F.Kene (1694-1774 y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini taxlil etishdan ishlab chiqarishni taxlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xo`jaligi bilan chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash ta`limini ol`ga surdi va savdodagi ayirboshladan xech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash xech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi. F.Kene «tabiiy tartiblanish» holatini, ya`ni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va ba`zi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni ol`ga surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish o`zida tabiiy jarayonni namoyon qilishi, qonunlarga amal qilinishi va odamlar ta`siridan holi bo`lishini lozim deb bilishdi. Bu ularning mutloq yutuqlari edi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling