Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
2.4. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar.
Iqtisodiyotga davlat aralashuvining keynscha nazariyasi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan so`ng keynschilik nazariyasi iqtisodiyot fanida yangi oqim sifatida yuzaga keldi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani o`zining 1936 yilda nashrdan chiqqan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asarida bayon qilib berdi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, soha mutaxassislari orasida Keyns iqtisodiyotga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning o`tmishdoshlari bo`lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler o`zining «Ravnaq va tur`gunlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jam`garilishi bilan yoki yetarlicha iste`mol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari to``grisida o`z fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan mul tiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda o`tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o`tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o`z-o`zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro`y beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini e`lon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo`lib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u o`zigacha hukmron bo`lgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o`z ichiga oladi: birinchidan, unda o`z-o`zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo bo`ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. Keyns o`zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab 1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo`lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan bo`lib, unga muvofiq taklif o`z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o`z taklifini yuzaga keltirishi `goyasini ilgari surdi. Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga bo`lgan ra`gbati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o`rtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Bu yerda shuni aytib o`tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan so`nggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o`rtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida ko`zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo`lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko`zda kutilayotgan daromad va taklif bahosi o`rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda bo`ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo`lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funktsiyasi bilan jami taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funktsiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi: U Keyns nazariyasida quyidagi tenglama bilan ifodalangan: Y = C = I bu yerda: Y - milliy daromad; C - iste`mol; I - jami investitsiyalar. Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste`mol funktsiyasini tadqiq qilinishida yo`naltiruvchi omil bo`lib xizmat qildi. “Asosiy psixologik qonun shundan 1 Пезенти А. Очерки политической экономии капитализма. В 2 т.: Пер. с итальянского. Т. 2. -М.: “Прогресс”, 1976. -С.615-616. iboratki, - deb yozgan edi. J. Keyns, - kishilar, odatda, daromadlari ortishi bilan o`z iste`molini ko`paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste`mol daromad ortgan darajada oshmaydi” 1 . Bu hol shuni bildiradiki, agar daromad o`zgarsa, unda iste`mol ham ana shu yo`nalishda o`zgaradi, lekin iste`mol o`zgarishi daromad o`zgarishidan kichik. Keyns iste`mol o`zgarishi va uni o`zgartirgan daromad o`zgarishi o`rtasidagi nisbatni iste`molga bo`lgan chekli moyillik deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi: MPC = Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling