Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
P
M q f (rd x re; P 1 x t dP W P V ; U ) bu yerda: real kassa qoldiqlariga bo`lgan talab ( P M ) foiz stavkalari; (rv, re), baholar o`zgarishi sur`atlari (. P 1 x dt dP ) aktivlar summasi (W), real daromad ( P V ) hamda did va imtiyozlar (U) funktsiyasidir. Fridman nazariyasiga muvofiq, pul qoldiqlari boshqa aktivlar bilan taqqoslanadigan aktiv sifatida ko`rib chiqiladi. Ushbu nazariya oqim sifatida emas, balki zaxiralar tariqasida talqin qilinadi. Pul daromadi - bu oqimdir va uni biror vaqt orali`gida aniqlash mumkin. Pulning o`zi esa zaxiradir, ya`ni muayyan bir vaqtda mavjud biror miqdordir. Zaxirani orttirish uchun kishilar o`z xarajatlarini kamaytiradilar yoki o`zlarining pul bo`lmagan aktivlarini pulga almashtiradilar. Zaxiralarni qisqartirish uchun esa ular aksincha ish tutadilar, Fridman pulga bo`lgan turli moliyaviy yangiliklar, moliyaviy aktivlarning daromadliligi Markaziy bank faoliyati ta`siri ostida o`zgarishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq shunga qaramasdan kishilar baribir pul taklifini naz orat qiluvchi sarmoyalarning barqarorligi saqlanib qolgan davrda o`z pul mabla`glarini yalpi milliy mahsulot (YaMM)ning biror muayyan ulushi darajasida ushlab turishga harakat qiladilar. Agar pulga bo`lgan talab barqaror miqdor bo`lsa, unda Markaziy bank taklifni barqaror saqlab qolgan holda jami talab ham barqaror bo`ladi. Shunday qilib, bank zaxiralarining o`sish sur`atlarini va pul taklifini boshqarish Markaziy bankning muhim vazifasi bo`lishi lozim. Bundan davlatning jami talabni boshqarish buyicha ikki siyosati, ya`ni fiskal va kredit- pul siyosatlari kelib chiqadi. Iqtisodiyotni boshqarishning monetar yondashuviga muvofiq bozor mexanizmi kamchiliklarini to``grilash emas, balki uning ishlashi uchun eng yuksak darajada barqar or moliyaviy sharoitlarni ta`minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadda pul birligi xarid kuchi va valyuta kursi barqarorligi ular uchun muhim jihatlardir. Shuning uchun ular fiskal siyosatning resurslarni qayta taqsimlash va barqarorlashtirish vositasi sifatidagi ahamiyatiga kam e`tibor beradilar. Ularning fikricha, siqib chiqarish effekti sababli fiskal siyosat mutlaqo yaramaydi. Ular quyidagicha fikr yuritadilar: davlat obligatsiyalar sotib, 1 Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика. В. 2-т.: Пер. с англ. 11-го изд. Т. 1- М.: Республика, 1992, -С. 321-322. ya`ni pulni aholidan qarzga olib, byudjet kamomadini hosil qiladilar. Bunda davlat fondlar uchun xususiy biznes bilan raqobatli kurashga kirishadi. Shu tariqa davlat qarzlari pulga bo`lgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi va, demak, ko`p miqdordagi xususiy kapital mabla`glarni siqib chiqaradi, aks holda ular foydali bo`lar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga bo`lgan ta`siri pirovard natijasini oldindan aytib bo`lmaydi yoki u sezilmaydi. Agar kamomad yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir bo`lmasligi mumkin va kamomaddan so`ng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Ammo bunday kengayish faqat qo`shimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi 1 . Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiyotning ichki o`zgaruvchanligiga nisbatan noto``gri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birinchidan, o`zgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda pul-kredit ta`siri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi o`zgarishlar nominal SMMga uzoq va noma`lum vaqt orali`gidan so`ng ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun vaqt lagining noma`lum muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiyotni davriy (tsiklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul -kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (tsiklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqarorlashtirish va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin 1 . Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit muassasalari foiz stavkasini barqarorlashtirish o`rniga pul taklifi o`sishi sur`atlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan xulosaga keldilar. Bunga bo`gliq holda M. Fridman monetar qoidalarni 2 qonun yo`li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko`ra pul taklifi har yili YaMM o`sishi mumkin bo`lgan sur`atda oshishi, ya`ni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5%ga kengayishi, lozim. Demak, monetarchilar fikriga ko`ra, pul taklifini berilgan sur`atda doimiy ravishda oshirib borish, xarajatlarni har qanday inflyatsiya yo`li bilan oshirish mabla`glar yetishmasligi tufayli o`z-o`zidan yo`qolib ketadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling