Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazariya va siyosatning ahamiyati
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazariya va siyosatning ahamiyati
Bugungi kunda iqtisodiyotni monetar boshqarishning pul nazariyasi, inflyatsiya bilan kurash muammolari 1976 yilgi Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Milton Fridman boshliq Chikago maktabi olimlari tomonidan zo`r berib ishlab chiqilmoqda. Monetar nazariya burjua iqtisodiy nazariyasi shakllanishi paytida paydo bo`ldi. O`sha mahalda “pul neytralligi” kontseptsiyasi umumiy iqtisodiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi “bo`lmasligini” va demak, kapitalizmning hayotbaxshliligini isbotlashda asos bo`lib xizmat qilgan edi. XX asrning 20-yillarida boshqarishning monetar usullari ko`pchilik iqtisodchilar tomonidan “abadiy farovonlikka” erishish vositasi sifatida baholandi. Ammo mazkur usul 30- yillar sinoviga bardosh bera olmadi. Hatto ular 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqirozning va undan so`ng uzoq davom etgan tanazzulning asosiy sabablaridan biri bo`ldi. Xuddi mana shuning uchun pul keynscha modelning muhim tarkibiy qismi bo`lsa ham ushbu modelning ko`plab o`ziga xos jihatlari monetar omillar ta`sirini yetarlicha e`tiborga olmadi. Pul jarayonlarining bunday nazarga ilinmasligi, ularning mumkin bo`lgan ta`sirini mensimaslik iqtisodiy siyosat masalalari bo`yicha tavsiyalarda yorqin namoyon bo`ldi, ushbu tavsiyalar sarmoyalar mul tiplikatorining sodda sxemasiga asoslangan edi. Biroq kamomadli moliyaviy ta`minlash amaliyoti pul sohasi beqarorligiga va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun 50-yillardan boshlab monetar tahlilni faollashtirish zarurati paydo bo`ldi. Ayniqsa, 1971-1973 yillardagi iqtisodiy hamda valyuta inqirozlari inflyatsiya bilan kurashning va iqtisodiyotni boshqarishning monetar usullarini dolzarb qilib quydi. Ayni 50- yillarning boshlaridan pul nazariyasi keynschilar va M. Fridman boshliq monetarchilar o`rtasidagi kurash maydoniga aylandi. Monetarchilar pulni xo`jalik tuzilmasining muhim qismi, pul-kredit siyosati esa iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb hisoblaydilar. Fridman keynscha kontseptsiyaga mantiqiy muqobil bo`lgan nazariya yaratish maqsadida pulning miqdor nazariyasi asosiy qoidalariga yangicha ta`rif berdi va asosiy e`tiborni inflyatsiyaga qaratdi. U inflyatsiyani sof pul muammosi sifatida ko`rib chiqdi. Uning fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin. Monetar nazariya tahlil sohasi bo`lib, u iqtisodiy muvozanat va o`sishning umumiy muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qo`shilgan joyda yotadi. Monetar soha pul agregati ko`rsatkichlari o`rtasidagi sababiy va funktsional bo`gliqliklar, shuningdek, ularning xo`jalik tizimi monetar elementlari bilan o`zaro ta`siri muammolari, uning asosiy yo`nalishi bo`lib xizmat qiladi. “Monetar siyosat” tushunchasi deganda esa davlatning pul-kredit sohasida boshqaruvchilik tadbirlari majmui tushuniladi. Shuning uchun keynschilik va monetarizm bahsida asosiy e`tibor pulning ahamiyatiga va pul- kredit sohasidagi siyosatga qaratiladi. Masalan, keynscha yondashuv iqtisodiy kon`yunktura va xo`jalik rivoji sur`atlari ra`gbatlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan tezkor foydalanish `goyasini o`zida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday harakatlarni qoralaydi. Monetarizm tarafdorlarining fikriga ko`ra, bunday siyosat xo`jalik ziddiyatlari va mutanosibliklari kuchayishiga hamda bozorning o`z-o`zidan barqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi. Ayirboshlash tenglamasi yoki Fisher formulasi - monetarizmning asosiy tenglamasidir: MV = R x Q bu yerda: M - pul taklifi; V - daromadlar doiraviy aylanmasida pul muomalasi tezligi; R - baholar darajasi, aniqro`gi, ishlab chiqarish natural hajmi har bir birligining sotiladigan o`rtacha bahosi; Q - ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning natural hajmi. MV - jami ishlab chiqarilgan boyliklarni sotib olishga xaridorlar xarajatlarining umumiy sarfi bo`lsa, RQ esa ushbu boyliklarni sotgan sotuvchilarning umumiy daromadini bildiradi. Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy xarajatlar bo`lsa, u holda u nominal SMM (sof milliy mahsulot)ga teng bo`lishi kerak, ya`ni SMM = R x Q 1 . Shuning uchun monetarchilar pul massasi o`sish ta`sir sohasini obligatsiyalar xarid qilish va undan so`ng foiz stavkasini pasaytirish bilan cheklab qo`yish o`rniga pul taklifining kengayishi ham real, ham moliyaviy aktivlarning barcha turlariga, shuningdek, ishlab chiqarishning joriy hajmiga bo`lgan talabni oshiradi, deb hisoblaydilar. Demak, M ning ortishi yoki R ning, yoki = ning, yoki bo`lmasa biror nisbatda ham R, ham = ning ortishiga olib keladi; M ning kamayishi esa teskari natijani beradi. M. Fridman ushbu qoidani asoslash uchun quyidagi formulani taklif qiladi: Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling