Mavzu: maydalanish


Download 0.87 Mb.
bet1/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1115278
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maydashlanish slayd

MAVZU: MAYDALANISH

Tuzuvchi:Biologiya (sirtqi) 182-guruh talabasi MUNIRA OTABOYEVA QURBONBOYEVNA

Fan: Embriologiya va gistologiya

Reja:


1.To`liq-tekis maydalanish
2.To`liq-notekis maydalanish
3.Maydalanish tezligi

Maydalanish. Maydalanish zigota hosil bo`lgach yuz beradigan jarayon bo`lib, buning natijasida zigota ko`p hujayrali embrionga aylanadi va blastula hosil bo`ladi. Maydalanish mitoz bo`linish bo`lib bu vaqtda hosil bo`layotgan embrional hujayralar - balstomerlar o`smaydi, chunki interfazaning G, davri bo`lmaydi. Har bir navbatdagi bo`linishdan keyin blastomerlarning hajmi kichiklashib boradi, hamma blastomerlarning umumiy hajmi zigotaning boshlang`ich hajmidan oshmaydi.

Maydalanish shu turga xos organizmlar somatik hujayralaridagi o`zak-sitoplazma mutanosibligi tiklanguncha davom etadi. Tuxum hujayradagi sariq moddaning miqdori va sitoplazmada taqsimlanishining turlicha bo`lishiga ko`ra, har xil hayvonlar zigotasining maydalanishi ham turlicha bo`ladi. Lansetnik zigota-sining maydalanishi to`liq-tekis maydalanishning klassik misoli bo`lib, A. O. Kovalevskiy tomonidan o`rganilgan.

Tuxum hujayrasi otalangach, sitoplazmada sariq mod-daning qaytadan taqsim-lanishi yuz berib, zigo-tada sariq moddadan xalos bo`lgan animal va sariq moddaga boyroq vegetativ qutblar farq qilinadi. Maydalanish egatchasi animal qutb-dan boshlanib, meridia-nal chiziq bo`ylab vegetativ qutbgacha davom etadi. Birinchi va ikkinchi maydalanish egatlari bir-biriga perpendikulyar bo`lgan tekis-likda meridianal chiziqlar bo`ylab o`tadi. Natijada avval 2, keyin 4 ta bir-biriga teng blastomerlar hosil bo`ladi.

Uchinchi maydalanish egatchasi zigota ekvatoriga parallel holda, ekvatordan sal yuqoriroqdan o`tadi va hosil bo`lgan blastomerlarning 4 tasi qolgan 4 tasiga nisbatan sal kichikroq bo`ladi. To`rtinchi bo`li-nishda bir yo`la 2 ta meridianal egatchalar hosil bo`lib, embrionni 16 blastomerga bo`ladi. Beshi-nchi bo`linishda ikkita kenglik bo`ylab o`tadigan egatchalar hosil bo`lib embrionni 32 blastomerga bo`ladi. Oltinchi bo`linish-da to`rtta meridianal egatcha, yettinchi bo`linish-da to`rtta kenglik egatchalari hosil bo`lib, embrion 128 blastomerli bosqichga keladi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling