Mavzu: maydalanish


Download 0.87 Mb.
bet2/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1115278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maydashlanish slayd

Shunday qilib to`liq-tekis maydala-nishda hamma blastomer-larning sinxron (bir vaqtda) bo`linishi bilan amalga oshib, blastomerlarning soni geometrik progressiya bo`yicha (1, 2, 4, 8, 16,32,64,128 kabi) ko`payadi. Keyin maydalanishning sinx-ronligi buziladi. Tashqi ko`rinishi tut mevasiga o`xshash bo`lgan, blastomerlar to`plamidan iborat embrion morula deyiladi. Blastomerlar soni 1000 ga yetib pufakcha shaklidagi embrion - blastula (blastos-homila) hosil bo`ladi. Blastulaning devori bir qavat balstomerlardan iborat, ichida esa shilliqsimon modda (dirildoq) bilan to`lgan bo`shliq - blastotsel bor.

Lansetnik zigotasining to’liq-tekis maydalanishi (sxema): A-I-ikki blastomerli; II-to’rt blastimerli; III-sakkiz blastomerli; IV-16 blastomerli; V-32 blastomerli; VI-64 blastomerli; VII-128 blasto-merli embrionlar; Б-blastulaning tuzilishi – I-blastoderma; 2-blastotsel; 3-blastulaning tubi; 4-qirg’oq zona; 5-blastulaning qopqoqchasi

Amfibiya zigotasining to’liq-notekis maydalanishi va blastulasining tuzilishi: 1-mikromerlar; 2-makromerlar; 3-blastoderma; 4-blastotsel.

Bu bo`shliq tananing birlamchi bo`shlig`i deyiladi. Blastulada tub qism va qopqoqcha farq qilinadi. Qopqoqcha qism blastomerlari tub qismnikiga qaraganda biroz maydaroqdir. Lansetnik zigotasining maydalanishi shuni ko`rsatib turibdiki, oligoletsital tuxumlar otalanganda to`liq maydalanadi, hamma material embrion tanasi hosil bo`lishiga sarflanadi. To`liq maydalanadigan tuxumlar goloblastik (holos-butunlay) tuxumlar deyiladi. Bunday maydalanish natijasida seloblastula hosil bo`ladi, uning kattaligi taxminan shu blastula rivojlangan tuxumning kattaligiga teng.

Amfibiyalarning mezoletsital tuxumi otalanib zigota hosil bo`lgach, u to`liq-notekis maydalanishga uchraydi (20-rasm) Tuxumning animal va vegetativ qismlari lansetnik tuxumidagiga nisbatan ancha keskin farqlar bilan ajralib turadi. Animal qutbda qoramtir-jigarrang pigment to`plangan, vegetativ qutbda sariq modda ko`p. Sariq modda sitoplazmaga nisbatan og`irroq bo`lganligi sababli animal qutb yuqori tomonga, vegetativ qutb quyiga qaragan holda joylashadi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling