Mavzu: maydalanish


To`liq-notekis maydalanish


Download 0.87 Mb.
bet3/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1115278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maydashlanish slayd

To`liq-notekis maydalanish yuz berayotgan zigota bo`linishda to`liq ishotirok qilsa ham, bo`linishlar natijasida hosil bo`lgan blastomerlarning kattaligi turlichadir. Birinchi va ikkinchi maydalanish egatchalari lansetnikdagi yo`nalishda o`tadi. Hosil bo`lgan birinchi to`rt blastomer kattaligi jihatdan o`zaro tengdir. Uchinchi maydalanish egatchasi, ekvatordan yuqoridan, animal qutbga yaqin joydan o`tadi va natijada 4 katta (makromer) va 4 kichik (mikromer) blastomerlar hosil bo`ladi.

Blastomerlarning kattaligidagi bunday farq vegetativ qutbning sariq moddaga boyligi bilan bog`liq. Bundan keyingi maydalanish animal qism blastomerlarida tezroq, vegetativ qism blastomerlarida sekinroq boradi. Natijada bu ikki guruh blastomerilarning kattaligidagi o`zaro farq ortaboradi. Shu bilan birga tangensial (zigota yuzasiga parallel) maydalanish egatchalari paydo bo`lib, hosil bo`luvchi blastulaning devori bir necha qavat bo`lib joylashgan blastomerlardan iborat. Shunday qilib amfibiyalar blastulasining qopqoqcha qismidagi blastomerlar kichik, tub qismidagilari katta va sariq moddaga boy, blastotsel nisbatan kichiklashgan va blastoderma ko`p qavatlidir.

Tuxum hujayra tarkibida sariq moddaning yanada ko`proq to`planishi maydalanish jarayonida yanada chuqurroq o`zgarishlar yuz berishiga olib keladi. Sariq moddaning ko`pligi vegetativ qutbda maydalanishning tormozlanishiga sabab bo`ladi, poliletsital tuxumlarning vegetativ qutbi maydalanishda mutlaqo ishtirok qila olmaydi. Maydalanish faqat animal qutbda yuz berib, hosil bo`lgan blastomerlarning bir qismi embrion tanasining shakllanishiga sarflanadi, qolgan qismi embriondan tashqi organlar (embrion pardalari, vaqtinchalik organlar)ni hosil qiladi

Tovuq zigotasining qisman-diskoidan maydalanishi: A,B-maydalanish bosqichlari – ustki tomondan ko’rinishi (A-ikkita meridional egatchalar, B-keyinroq keladigan bosqich); C-embrion diskining kesimi (a,b,c – sariq moddada joyla-shgan chetki hujayralar; d, e, f, g, h – sariq moddadan ajralib turubchi hujayralar).


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling