Mavzu: maydalanish


Download 0.87 Mb.
bet5/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1115278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maydashlanish slayd

Bu paytda sariqlik moddasi kam bo'lgan blastomerlar sariqlik moddasi ko'p bo'lgan blastomerlarga nisbatan tez maydalanadi. Suyakli baliqlarda har 12 marta sinxron maydalanishdan keyin asinxron maydalanish sodir bo'ladi. Lasos baliqlarda va amfibiyalarda asinxron maydalanish gastrulyasiya boshlanishi oldidan sodir bo'ladi. Yuqori haroratda asinxronlik oldinroq boshlanadi va normal kattalikdagi hchinka rivojlanadi. Baqaning tuxumi inkubatorda 18° S issiqlikda normal rivojlanib, birinchi maydalanish 2-2,5 soatdan keyin sodir bo'ladi. Ikkinchisi 3 soatdan keyin, uchinchisi 4,5 soatdan, to'rtinchisi 5,5 soatdan keyin bo'lib o'tadi. Bu davrda embrion sharsimon bo'ladi.

Blastomerlar esa zich joylashgan bo'lib, 16 ta blastomer hosil bo'ladi. Keyinchalik bu sharsimon embrionda bo'shliq, ya'ni blastosel hosil bo'ladi. 21 soatda blastula davri tugab gastrulyasiya davri boshlanadi. Har bir tur hayvon tuxumining maydalanishi o'ziga xos bo'ladi. Oltin bahqda har 20 minutda, baqada har bir soatda, sut emizuvchilarda 10 va undan ko'proq soatda maydalanadi. Embrion hujayralari hayot sikli ontogeniya deyiladi. Maydalanish tezligi haroratga qarab o'zgaradi. Maydalanishning keyingi bosqichi blastulyasiya deyiladi. Chunki hosil bo'layotgan blastomerlar blastulani hosil qiladi.

Embrionning erta davrlarida sintez jarayonlari sodir bo'lmaydi, genlar hah ishlamaydi. Bu jarayonlar gastrulyasiya boshlanishida sodir bo'ladi. Embrionning har xil qismlarida blastomerlar hosil bo'lish tezligi har xil bo'lib qoladi. Bunga ichki omillar ham ta'sir etishi mumkin. V. S. Bullou fikricha, hujayraning bo'linishi normal hayotiy jarayondir. Agar bo'linishga regulyator boshqarish ta'sir etmasa, hamma hujayralar bir xil tezlikda bo'linardi va hamma organlar bir xil kattalikka ega bo'lardi. XX asrning 70-80-yillarida hujayraning bo'linishini sekinlashtiruvchi keylon (xeylon) moddasi topildi. Bu moddani har bir hujayra ishlab chiqaradi.

Demak, hujayralar soni kam bo'lsa, keylon ham kam bo'ladi, hujayralar tez bo'linadi. Hujayralar ko'p bo'lsa, keylon ko'payib hujayra bo'miishini sekinlashtiradi. G. Tumanishvili (1968) fikricha, hujayrada 2 xil modda bor: 1. Mitotik faollikm tormozlovchi yadro moddasi. 2. Mitotik faollikm oshimvchi sitoplazma moddasi. Bu gipotezalarning qaysi biri to'g'riligini bilish murakkab, ammo ularni o'rganish muhimdir. Nima uchun maydalanish yoki segmentasiya sodir bo'ladi? Maydalanishning biokimyoviy va biofizik mexanizmi qanday? Bu savollar hujayraning bo'linishi bilan maydalanish o'rtasida bog'lanish borligidan dalolat beradi Maydalanish davrida ham yadroda mitoz bo'linish sodir bo'ladi.

Amitoz embrionning keying!bosqichlarida sodir bo'ladi. Mitoz bo'linish orqali maydalanish yadro va sitoplazmada bir xil ketmaydi. Masalan, amfibiyalarda maydalanish egatchalari paydo bo'lganda yadro profaza davrida bo'ladi. Yadro hajmi oldin plazma hajmidan orqada qoladi. Bu yadro-plazma holatining buzilishiga ohb keladi. Bu va boshqa holatlar oxirida hujayra bo'linadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling