Bunday qisman maydalanish meroblastik (meros-qism) va diskoidal deyiladi va akulalar, suyakli baliqlar, reptiliyalar hamda qushlar zigotasiga xosdir. Meroblastik-diskoidal maydalanish diskoblastula hosil bo`lishiga olib keladi. Akulada tuxumning diametri 20 sm gacha bo`lib, diskoblastula uning taxminan 1/500 qismini egallaydi. . Tovuq zigotasining maydalanishi: A-2 blastomer; Б-4 blastomer B-8 blastomer; Г-16 blastomer Sut emizuvchilar, zigotasining maydalanish sxemasi: 1-yaltiroq parda; 2-reduksion tanachalar; 3-blastomerlar; 4-trafoblast hosil qiluvchi och rangli blastomerlar; 5-qoramtir blastomerlar; 6-trofoblast; 7-embrion tuguni. Maydalanayotgan zigota-ning sigir tuxum yo’li bo’ylab siljishi. Otalanish bosqichlari va maydalanishning boshlanishi (sxema): 1-ovoplazma; 1a-kortikal donachalar; 2-o’zak; 3-yaltiroq parda; 4-follikulyar epiteliy; 5-spermiylar; 6-reduksion tanachalar; 7-ovotsitning yetilish bo’linishi ; 8-otalanish do’mboqchasi; 9-otalanish qobig’i; 10-onalik pronukleusi; 11-otalik pronukleusi; 12-sinkarion; 13-zigotaning birinchi mitoz bo’linishi; 14-blastomerlar. Maydalanish tezligi va sabablari Embrioiining normal rivojlanishi maydalanish orqali amalga oshadi. Agar biror omil ta'sirida maydalanish to'xtatilsa, rivojlanish juda sekinlashadi. Dengiz halqali chuvalchangi tuxumining maydalanishi biror ta'sirot orqali to'xtatilgandaliam rivojlanishi davom etgan.Natijada uning ustida kiprikchalar paydo bo‘lib, normal embrionga o'xshashroq shakl paydo bo'lgan. Hayvonlarning har bir turida maydalanish usuli va tezUgi o'ziga xos bo'ladi. G. Drish nina tanlilar tuxunrini maydalanish paytida ikkita shisha plastinka orasiga qo'yib, bo'linish usulini o'zgartirishga majbur qilgan. Lekin plastinkalarni bir-biridan ajratganda tuxum yana yangidan shar shakliga kelib, o'ziga xos radial maydalanishni boshlagan. Hayvonlarning spiral maydalanishga xos bo'lgan tuxumi tiklanish qobiliyatiga ega emas. Ularni shisha orasiga qo'yganda o'ziga xos blastomerlar hosil bo'lib, noto'g'ri rivojlanadi. Har qanday normal rivojlanish sinxron maydalanishdan keyin asinxron maydalanish bilan almashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |