Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari


Download 119 Kb.
bet1/7
Sana22.02.2023
Hajmi119 Kb.
#1220871
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI




MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI
Tilimizda shart mayli shakli (istak gaplardagi bundan mustasno) nomustaqil kesimlik shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo‘llanishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Ya'ni shart mayli shakli istak gapning kesimi bo‘lib, gap oxirida kelsa, mustaqil kesim hisoblanadi. Masalan: Yomg‘ir yog‘sa, cho‘llar yashnaydi. — nomustaqil kesim. Tezroq yoz kelsa. — mustaqil kesim. E’tibor bering: -sa bilan tugagan qism to`laligicha mustaqil fikr bildira olmaydi: Yomg`ir yog`sa.. Xo`sh, keyin-chi? Fikr ifodalsh uchun gap davom etishi lozim. Demak, shunday holat nomustaqil kesim deb ataladi.
Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe'l kesimlar hamda bog‘lamali va bog‘lamasiz ot kesimlar mustaqil kesimlardir.


EGA VA UNING IFODALANISHI
Gap kesimining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma'nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi.
Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ngm o‘chdi.
2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol)
3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
4. Sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. (Maqol)
5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. (Qo‘shiqdan)
6. Harakat nomi bilan: O‘qish jafoli,oîqibati vafoli. (Maqol)
7. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi. (Maqol)
8. Ravish bilan: Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
9. Modal so‘z bilan: Bor so‘zlaydi, yo‘q o‘ylaydi.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling