Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari
Download 119 Kb.
|
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabab holi
Daraja-miqdor holi-ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? nechta? necha marta? qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi, Daraja-miqdor holi sonlar bilan, miqdor ravishlari bilan, marta so‘zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi.
Kam de, oz ye – ko‘p yashaysan. Guruchni qopi bilan olishdi. Qirq marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi. Sabab holi – ish-harakatning sababini bildirib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? nima sababli? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Sabab holi -lik,-sizlik qo‘shimchalarini olgan otlar, -gani qo‘shimchali sifatdoshlar va sababli, uchun ko‘makchi qurilmalar bilan ifodalanadi. Quvvatsizligidan tez charchardi. Go‘lligi sababli har joyda kaltak yeydi. Arzimagan narsa uchun janjal ko‘tarardi. Tinchlik tufayli yurt obod; Yaxshi o‘qigani uchun u mukofotlandi. Boshqa hech narsasi yo‘qligi uchun bitta-yu bitta ho‘kizini berib yubordi. Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig‘lab yubordi. Maqsad holi – ish-harakatning maqsadini bildirib, nima uchun? nima maqsadda? nima qilgani? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Maqsad holi maqsad ravishdoshlaridan, ot yoki fe'llardan keyin uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so‘zlarni keltirish orqali, shuningdek, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini olgan ish otlari orqali ifodalanadi. Hammani kuldirish uchun ataylab shunday antiqa kiyindi. Qoratoy do‘stining dov-daragini surishtirish uchun yelib-yugurdi. Bolalar o‘ynab kelgani ko‘chaga chiqib ketdi. Hammamiz umid bilan mehnat qildik, rohatini ham ko‘raylik. O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi. Ravishdoshlar harakat tarzi shakllari tarkibida hol bo‘lib kelmaydi. Ular bir mustaqil fe'lni ikkinchi bir mustaqil ma'noli fe'l bilan bog‘lab kelgandagina gapda hol vazifasida keladi. Bu yangilikdan Abduqodir qotib kuldi. – hol. Bu yangilikdan Abduqodir qotib qoldi. – hol emas. Bu gapni ayta-ayta charchadim. – hol. Bu gapni hech kimga ayta ko‘rma.– hol emas. Xatni olqib, qutiga tashladi. – hol. Xatni birpasda o‘qib tashladi.– hol emas. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling