Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari


Download 119 Kb.
bet7/7
Sana22.02.2023
Hajmi119 Kb.
#1220871
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI

Holga misollar:
1. Nodonga yuz (son-miqdor-daraja holi) aytsang ham, befoyda. 2. To‘g‘ri (sifat-ravish holi) yursang, murodingga oson (sifat-ravish holi) yetarsan. 3. Bunda (olmosh-o‘rin holi) bor harorat, muhabbat, shafqat. 4. Shamol g‘ir-g‘ir (taqlid so‘z-ravish holi) esardi. 5. Uy ichida (ko‘makchili ot-o‘rin holi) odam ko‘p edi. 6. Po‘latjon juda erta (ravish-payt holi), hammadan oldin (ravish-payt holi) uyg‘ondi. 7. Tevarakda (ot-o‘rin holi) gala-gala chumchuqlar to‘xtovsiz (ravish-ravish holi) chirqillashadi. 8. Sal o‘tmay (ravish-payt holi) Shirinoy daladan (ot-o‘rin holi) qaytib keldi. 9. Bunda (olmosh-o‘rin holi) qurtlar ipak to‘qiydi. 10. Ota yuz-qo‘llarini yuvgandan so‘ng (ko‘makchili ot-payt holi) sal nariga (ravish-o‘rin holi) borib o‘tirdi. 11. U o‘ychan ko‘zlari bilan Botirga qarab sekin (ravish-ravish holi) gapirdi. 12. Ko‘p (ravish-miqdor-daraja holi) so‘zlama, oz (ravish-miqdor-daraja holi) so‘zla, oz (ravish-miqdor-daraja holi) so‘zlasang ham soz (sifat-ravish holi) so‘zla. 13. Hozirgacha (ravish-payt holi) g‘o‘za uch marta (son-miqdor-daraja holi) chopiq qilindi. 14. Hamdam ikkovini ham bilrriadi va yig‘laganicha (ravish-ravish holi) narigi uyga (ot-o‘rin holi) kirib ketdi. 15. Yig‘lab-yig‘lab (ravishdosh-ravish holi) marza olsang, o‘ynab-o‘ynab (ravishdosh-ravish holi) sug‘orasan. 16. Umringda (ot-payt holi) necha marta (olmosh-miqdor-daraja holi) asal yegansan?! 17. Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan (sabab holi) yig‘lab yubordi. 18. Hammamiz ham umid bilan (ko‘makchili ot-maqsad holi) mehnat qildik, rohatini ko‘raylik. 19. Eshik oldi gul hovuz, gul tergali (ravishdosh-maqsad holi) kelganmiz. 20. Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun (ko‘makchili sifatdosh-maqsad holi) maqtovga sazovor bo‘ldi. 21. O‘quvchilar dam olishga (harakat nomi-maqsad holi) dala shiyponiga (ot-o‘rin holi) kelishdi. 22. Boshqa hech riarsasi yo‘qligi uchun (ko‘makchili ot-sabab holi) bitta-yu bitta ho‘kizini berib yubordi. 23. U qasddan (ravish-maqsad holi) Suqsuroyni xonga olib berdi. 24. Ertalab (ravish-payt holi) atayin (ravish-maqsad holi) sizni izlab kelgan edim.
Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling