Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari
Download 119 Kb.
|
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z-gaplar Bir so‘z «qotib qolgan» birikma shaklida bo‘lib, boshqa so‘z bilan kengayish imkoniyatiga ega bo‘lmagan gap so‘z-gap
Shaxsi noma'lum gap
Egasi noma’lum gaplarda ega yashiringan bo‘lmaydi va gap ma'nosidan anglashilmaydi. Shaxsi noma'lum gaplarda kesim fe'l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma'nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning tarkibida egalik qo‘shimchasining yo‘qligidir. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Masalan: 1. Vazifani bajarish kerak. 2. Yo‘lda biroz to‘xtashga to‘g‘ri kelib qoldi. 3. To‘garakka borish kerak. 4. Ko‘nglida armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi. 5. Bu yerda о’rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. Atov gaplar Atov gaplar so‘zlovchi ko‘z o‘ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo‘lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir. Atov gaplar, asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba'zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladi. Atov gaplar bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham, aniqlovchilar bilan kengayib kelishi ham mumkin. Atov gaplar turli xildagi sodda va murakkab aniqlovchilar bilan bemalol kengayadi. Atov gap kengaygan harakat nomi bilan ham ifodalanishi mumkin. Misollar: 1. Bahor. Kunlar iliqlashgan. 2. Maktab. Yoshligimning oltin davri shu dargohda o‘tdi. 3. Sentyabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi. 4. Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi. 5. Amu-Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot. 6. Yam-yashil o‘tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi. 7. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. 8. Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv shaldirab oqadi. 9. Urush... Oynisa ayvon ustunga suyangancha qotib qoldi. 10. Qo‘shiq. San'atning bu turini sevmagan kirn bor? So‘z-gaplar Bir so‘z «qotib qolgan» birikma shaklida bo‘lib, boshqa so‘z bilan kengayish imkoniyatiga ega bo‘lmagan gap so‘z-gap deyiladi. So‘z-gap tasdiq, inkor, so‘roq, taajjub, his-hayajon kabi ma’nolarni ifoda etib, ular matn bilan bog‘liq bo‘ladi. So‘z-gap, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko‘proq dialogik va ba’zan monologik nutqqa xosdir. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling