Koinot modeli va tuzilishi


Download 1.27 Mb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1051127
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Koinot modeli

  • Koinot modeli va tuzilishi
  • Quyosh va yulduz sistemalari, yulduzlararo chang va gaz, atom va kosmik zarachalardan iborat ma’lum strukturali o’zaro dinamik bog’liq sistemaga Galaktika deyiladi. Katta teleskoplar yordamida aniqlanishicha, 75 mlnga yaqin Galaktikaga o’xshash sistemalar mavjudligi ma’lium. Ularga Galaktikadan tashqari tumanliklar yoki Galaktikalar deyiladi. Galaktika umumiy ko’rinishi va katta – kichikligi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan bir xil. Quyosh sistemasi Gallaktika ichida bo’lganligidan biz uning umumiy ko’rinishini bevosita to’la tassavur qila olmaymiz. Gallaktika shaklini dastlab uch o’qli Ellinsond deb qabul qilish mumkin. Uning simmetriya tekisligi - galaktik tekisligi taxminan Somon yo’lining o’rtasidan o’tadi. Gallaktik tekisligi osmon sferasi bilan osmon ekvatoriga 620 burchak ostida og’gan holda kesishib Galaktik ekvatorni hosil qiladi. Undan 900 uzoqlikda joylashgan nuqtalar Galaktika qutublari deyiladi. Shimoliy qutubning ekvatorial kordinatalari
  • =12h49m, =+270.4.
  • Galaktika shimoliy qutibdan qaralganda Galaktika markazi yo’nalishidan boshlab soat milining harakat yo’nalishiga teskari yo’nalishda galaktik ekvator bo’ylab hisoblanadigan hamda yoritgich va Galaktika qutbidan o’tuvchi katta aylanaga bo’lgan burchakli masofa galaktik uzunlama deyiladi va l harfi bilan belgilanadi. Yoritgichning galaktik ekvatordan burchakl;I balandligi uning Galaktik kenglamasi deyiladi va b harfi bilan belgilanadi. ( l , b.) gallaktik koordinatalar sistemasi deyiladi.
  • Osmon sferasining har xil yo’nalishdagi maydonchalarida turli ravshanlikdagi yulduzlarning sonini hisoblash, yulduzlarning to’da – to’da bo’lib joylashishlarini tekshirish, infraqizil va radiato’lqinlarni kuzatish usullari yordamida Galaktikada materiyaning taqsimlanish qonunlari o’rganiladi.
  • www.arxiv.uz
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling