XULOSA Galaktika ma’lum shaklga ega va o’z o’qi atrofida aylanadigan yaxlit material muxit deb hisoblanadi va unga umumiy fizik ( aylanish) qonunlar qo’llanishi mumkin. Yuqorida galaktika misolida ko’rganimizdek, boshqa galaktikalar ham o’zak atrofida aylanadi. S va E sinfidagi galaktikalar moddasining asosiy qismi ularning o’zagida joylashgan. O’zakda modda zichligi galaktika markazi tomon ortib boradi va o’zak markazida maksimal qiymatga yetadi. Bunday tizimga kiradigan va uning yashqi qismlaridagi yulduzning xarakati massa markazi atrofida aylanadigan jismning harakat qonunlariga ( Kepler qonunlari) bo’ysunishi kerak. Bunda Kepler qonunlari qullanilishi va markaziy gallaktika o’ziga massaning fizik ko’rsatkichlari hisoblanish mumkin. Gallaktikaning burchak kattaligi uning tasvirini o’lchashdan topiladi. Ko’pchilik Gallaktikalar( S1 Ir ) keskin chegaraga ega bolmaganligi uchun tasvirlarining ko’ndalang kesimini o’lchash ma’lum qiyinchiliklar va noqilayliklarga olib keladi. Masalan; tasvirning kattaligini suratga olishdagi ekispazitsiya vaqtiga bog’liq . Katta ekispazitsiya bilan olingan tasvirlarga gallaktikaning tashqi xira qismlari ham chiqadi, kichik ekispazitsiyalarga esa faqat uning yorug’ qismining tasviri hosil bo’ladi. Shuning uchun gallaktikalarning o’lchamlari xatolik bilan o’lchanishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko’p galaktikalar to’dalarining markazlarida kuchli radiogalaktikalar joylashgani aniqlangan va ular bu galaktikalar to’dalaridan kelayotgan radio, rentgen va gamma nurlanishlarini hosil qiladigan asosiy manba bo’lishlari mumkin. Kuchli radionurlanishlar tarqatadigan galaktikalarni aktiv yadroli galaktikalar deymiz va ular uzoq masofalarda ko’p uchraydi va bu turi kvazarlar deb aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |