Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o’lchamlari va massalarini hisoblash. Reja
Download 140 Kb.
|
Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning bayoni
- Yulduzlargacha bo`lgan masofalarni aniqlash.
Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o’lchamlari va massalarini hisoblash. Reja: Yillik paralaks haqida. Yulduzlargacha masofalarni aniqlash Yulduzlarning o’lchamlari va massalarini hisoblash. O’quvchilar bilishi kerak:Yillik paralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash haqida o’quvchilarga umumiy tushunchalar berish. Yulduzlarga tegishli xarakteristik kattaliklarni taxminiy aniqlash. Yulduzlarning massalari va o’lchamlarini hisoblash haqida o’quvchilarda ko’nikmalar hosil qilish. Mavzuning bayoni: Yulduzdan qaraganda ko`rish nuriga bo`lgan Yer orbitasi katta yarim o`qining ko`rinish burchagi – yulduzning yillik parallaksi deyiladi. Yulduzgacha bo`lgan masofa D qancha katta bo`lsa, yulduzning parallaksi shuncha kichik bo`ladi. Osmonda yulduz vaziyatining yil davomida parallaktik siljib borishi kichik ellips yoki, agar yulduz ekliptika qutbidan bo`lsa, aylana bo`ylab sodir bo`ladi.Yulduzlargacha masofani aniqlash ularning yillik parallaktik siljishlariga asoslanadi. Quyosh atrofida radiusi qariyb 150 million kilometrli aylana bo’ylab harakatlanayotgan Yerdagi kuzatuvchi, yaqindagi yulduzlarning uzoqdagi yulduzlar fonida siljib, bir yilda aylana, ellips chizishini kuzatadi. Yulduzlargacha bo`lgan masofalarni aniqlash.Yulduzlar koinotda eng ko`p tarqalgan osmon jismlari hisoblanadi. Butun osmonda 6-yulduz kattaligigacha bo`lgan yulduzlar soni taxminan 6000, 11-yulduz kattaligigacha bo`lganlari taxminan bir million, 21-yulduz kattaligigacha bo`lganlarning soni esa 2 mlrd atrofidadir. Ularning hammasi Quyosh kabi, bag`rilaridan nihoyatda ko`p energiya ajralib chiqarayotgan nurlanuvchi chug`langan gaz sharlardir. Ammo yulduzlar, bizdan juda olisda, bo`lganliklari uchun hatto eng kuchli teleskoplar yordamida ham, atigi nurlanayotgan nuqtalar shaklidagina ko`rinadi. Yulduzlarning parallaktik siljishlarini o`lchash va ulargacha bo`lgan masofalarni aniqlash uchun bazis sifatida Yerning radiusi juda kichiklik qiladi. Kopernik zamonasidayoq, agar haqiqatan ham Yer Quyosh atrofida aylansa, u holda yulduzlarning osmondagi ko`rinma vaziyatlari o`zgarishi kerakligi ma`lum bo`lgan. Yer yarim yil davomida o`z orbitasi diametri uzunligigigacha siljiydi. Ushbu diametrining qarama-qarshi nuqtalaridan yulduz tomon bo`lgan yo`nalishlar bir-biridan farqlanadi. Boshqacha aytganda, yulduzlarda yillik parallaks sezilarli bo`ladi (55-rasm). Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling