Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
O`zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
3.3.O`zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari. Institutsional o`zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos 1 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998, 82-бет. keladigan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini ra`gbatlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi. Tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarishni markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan boshqarishning iqtisodiy mexanizmalariga o`tish masalasiga jiddiy e`tibor qaratildi. Boshqaruv sohasidagi o`zgarishlar natijasida ko`plab boshqaruv organlari bo``ginlarining vazifasi o`zgardi, ba`zi o`zini oqlamagan boshqaruv organlari tugatildi va yangi organlar tuzildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov murakkab o`tish davrida qabul qilingan qonunlarning amalda bajarilishini ta`minlay oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir bo`lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etar ekan, – “Shu maqsadda tub ma`muriy islohotlar amalga oshirildi: markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari bo`lgan Davlat plan komiteti, Davlat ta`minot komiteti, Davlat narx komiteti, Davlat agrosanoat komiteti va ko`plab tarmoq vazirliklari tugatildi, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi – viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik instituti joriy etildi. Mahalliy o`zini o`zi boshqarish organi tizimi – mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e`tibor qaratildi” 1 , - deb ta`kidladi. O`zini oqlamagan Davlat reja qo`mitasi o`rniga Davlat istiqbolini belgilash va statistika qo`mitasi tuzildi. Mazkur Qo`mita 1997 yildan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi deb ataladi. Narxlarni erkinlashtirish sharoitida Davlat narx qo`mitasi batamom tugatildi. Yakkahokim bo`lib olgan taqsimot idorasi - Davlat ta`minot qo`mitasi va uning vorisi – “O`zshartnomasavdo” o`rniga yangi bozor strukturasi – Respublika ulgurji va birja savdosi aktsiyadorlik uyushmasi tuzildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida va bozor munosabatlarini boshqarishda moliya-kredit tizimi muhim o`rinni egallaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida, respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankning vazifalari qayta ko`rib chiqildi. Ularning yangi bo``ginlari tuzildi. Nazorat organlari faoliyatini tartibga solish uchun Davlat soliq qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasi tuzildi. Respublikamizda mavjud boshqaruv organlarining nafaqat faoliyati, balki ularning vazifalari ham yangi jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko`rib chiqildi hamda o`zgartirildi. Tashkil etilgan yangi ijro organlari tizimi rejalash – taqsimlash vazifalaridan xoli bo`lib, iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasini bajarmoqda. Institutsional o`zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos keladigan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini ra`gbatlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling