Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
3.2. Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning
zarurligi va ahamiyati Mustaqillikka erishganimizdan keyin davlatimiz va uning ko`p millatli xalqi manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyati tu`gildi. Bu vaqtda respublikamiz oldida o`ta muhim bo`lgan bir qator vazifalarni hal etish masalasi turardi. Birinchidan, yakkahokimlik tizimidan meros bo`lib qolgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish, ikkinchidan, mustaqil, demokratik jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish va o`tish davriga xos muammolarni hal qilish. Avvalambor, asosiy e`tibor yakkahokimlik tizimining illatlarini zudlik bilan tugatish, boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik uslublari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqibatlarini tugatish, iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirishga e`tibor qaratildi. Respublikada yakkahokimlik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimining amal qilishi iqtisodiyotni nochor ahvolga tushirib qo`ydi. Iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib bordi, amaldagi xo`jalik yuritish mexanizmi esa mazkur ziddiyatlarni bartaraf etishga noqobil edi. Bu holat jamiyat hayotida 60-yillardayoq yaqqol namoyon bo`la boshlagan edi. Iqtisodiyotning rivojlanish sur`ati keskin pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Rivojlanishning iqtisodiy vositalari va omillari amalda ishlamadi. Respublikamiz davlat mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin bu salbiy oqibatlarni tugatish va rivojlanish sari dadil qadam tashlash imkoniyatiga ega bo`lindi. Totalitar tuzumdan qolgan “meros”ning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish lozim deb qaraldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li» kitobida shunday yozadi: «...totalitar merosning o`gir oqibatlarini tugatish, iqtisodiyotga bozor asosida madaniylik baxsh etish faoliyatning ayrim sohalarini o`zgartirish yo`li bilan emas, balki keng miqyosda tubdan yaxlit iqtisodiy islohot o`tkazish orqaligina erishish mumkin...» 1 . Bozor iqtisodiyotiga o`tish iqtisodiy munosabatlarni yangilash, institutsional o`zgarishlarni amalga oshirish va boshqarishning tegishli strukturasini yaratishni talab etadi. Shuning uchun ham respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida boshqaruv tizimini isloh qilish masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling