Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
5.3. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni baholash. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish uchun, avvalambor, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni umumiy baholash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Hududning o`tgan davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga tavsif beriladi. Bunda hududning sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy salohiyatini baholashga alohida e`tibor qaratilishi lozim bo`ladi. 2. Hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi va ahvoli to``grisidagi tahlilga asoslanib, uning rivojlanishidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalar, iqtisodiy rivojlanish rezervlari va foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo`lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aniqlanadi. 3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning natijalari, ko`p ukladli iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi, shuningdek, hududiy bozor infratuzilmasi ahvoli baholanadi. 4. Hududdagi tarmoqlar va yirik sanoat korxonalarining o`tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinadi, ularning ish natijalari yoki orqada qolishining sabablari va omillari aniqlanadi. 5. Sanoat rivojlanishi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi darajasi belgilanadi, ishlab chiqarish quvvatlarini eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va kengaytirish uchun qo`shimcha zahiralar va resurslar aniqlanadi. Hudud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ustuvor ahamiyatli tarmoqlar va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. 6. Hudud aholisini o`zida ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlanganligi, ularni hududdan chiqarish va kiritish balansi, agroresurs salohiyatidan foydalanish samaradorligi, shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi, va chorva mollari mahsuldorligining o`sishi (pasayishi) omillari hamda sabablari baholanadi. Hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: 1. Hududning mehnat, yer-suv va mineral xom ashyo resurslari bilan ta`minlanganligiga miqdoriy va sifat bahosi beriladi. 2. Hududdagi demografik vaziyat, aholining ish bilan bandligi keyingi o`n yillik davr bo`yicha baholanadi. Ishsizlik darajasi, shu jumladan, uning yashirin shakllari baholanib, aholi va mehnat resurslari soni prognoz qilinadi. 3. Foydali qazilma boyliklari zahiralari, ularning o`zlashtirilish ahvoli tahlil qilinadi. Hudud mineral-xom ashyo bazasi imkoniyatlari, qo`shimcha moliyaviy resurslarni jalb etishni hisobga olgan holda baholanadi. Shuningdek, qazib chiqaruvchi korxonalarning foydali qazilma boyliklari bilan ta`minlangani, ularning konlarni o`zlashtirish xarajatlari o`rganiladi. 4. Hududning yer-suv resurslari bilan ta`minlanish hamda yerlarning meliorativ ahvoli, yer bonitetlari o`rganilib, meliorativ yaxshilash istiqbollari o`rganiladi. 5. Hududning ishlab chiqarish, transport va aloqa infratuzilma salohiyati o`rganiladi. Aholining ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari va xizmatlari bilan ta`minlanganlik darajasi baholanadi. 6. Hududda ishlab chiqaruvchi kuchlar, yangi korxonalarni joylashtirish uchun istiqbolli tuman, shahar, yirik aholi yashash punktlari tanlanadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling