Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

3. Uzoq muddatli tsikl. (40-60 yil). 


XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko`pchilik iqtisodchilar statistik ma`lumotlar asosida 
narxlar va protsent stavkalarining ko`tarilishi hamda tushishiga e`tibor qaratishda. Keyinchalik esa 
u bilan bo`gliq iqtisodiy jarayonlarda ham o`zgarishlar sodir bo`lishi sabablarini izohlab berishga 
harakat qilishdi.
Bir uzun to`lqinni ikkinchisi bilan almashinishi ishlab chiqarish absolyut miqdorining 
pasayishi tarzida yuz berishi shart emas. U iqtisodiy o`sish sur`atining tezlashuvi va sekinlashuvi 
almashib turishini uzoq muddatli tendentsiyasi tarzida yuz beradi. 
Iqtisodiyotdagi ana shunday holatni chuqur hamda o`z fikrlarini asoslagan holda rus 
iqtisodchisi N. D. Kondrat yev (1892-1938 yil) izohlab berdi. Shu sababli uni Kondrat yev tsikli  
deb ham atashadi. 
Katta yuksalish asosini u ishlab chiqarishga yangi texnologiya, jahon xo`jaligiga yangi 
mamlakatlarning qo`shilishi (iqtisodiy ravnaqi), oltin qazib olish hajmining o`zgarishi, umuman, 
texnik taraqqiyot, ishlab chiqarishning tarkibiy o`zgarishi bilan bo`glaydi. 
Muvozanatning tiklanishi fazasida asosiy kapitalning passiv qismi yangilanadi, o`rta tsiklda 
esa, asosan, aktiv qismi yangilanadi. 
Shu bilan birga, katta tsikllarning davri aniqlanadi: 
1- to`lqin 1772-1783 yillardagi depressiyadan 1812-1825 yildagi beqarorlikkacha; 
2- to`lqin 1825-1838 yillardagi depressiyadan 1866-1873 yillardagi beqarorlikkacha; 
3- to`lqin 1873-1885 yillardagi depressiyadan 1913-1929 yillardagi beqarorlikkacha; 
4- to`lqin 1929-1938 yillardagi depressiyadan 1966-1974 yillardagi beqarorlikkacha; 
5- to`lqin 1974-1982 yillardagi depressiyadan boshlangan. Bu to`lqin, iqtisodchilarning 
fikricha, 2010 yillargacha davom etishi va 2010-2015 yillardan yangi 6–to`lqin boshlanishi 
mumkin. Bu tsikl mikroelektronika, boshqariladigan termoyadro energetikasi, gen injenerligini 
ishlab chiqarishga jalb etilishi bilan ajralib turadi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling