Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш
Hayvonga gipsli bog’lam qo’yish texnikasi
Download 370.03 Kb. Pdf ko'rish
|
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash
Hayvonga gipsli bog’lam qo’yish texnikasi
Oyoqni gipslashga tayyorlash uchun oldin singan suyakni tortish usuli orqali o’z shakliga keltiriladi. Bordi-yu oyoqning biron bo’g’imi o’rnidan chiqqan bo’lsa, uni o’z joyiga kirgizishga harakat qilinadi. Kirgizishdan oldin narkotik modda ishlatiladi yoki mahalliy anesteziya o’tkaziladi. buning uchun umumiy og’riqsizlantirish va harakatsizlantirish maqsadida muskul orasiga 1 ml/kg 2,5 % li PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 56 aminazin va 0,2 ml/kg 2 % li ketamin eritmasi yuboriladi. Kesim chizig’i bo’ylab 10 ml 0,5 % li novokain eritmasi yuboriladi. Gipslashni boshlashdan oldin oyoqning shikastlangan joyi toza doka bilan o’raladi, keyin uning ustidan sariq paxta qo’yib, sudraluvchi usul bilan shu yer o’raladi. Siniq suyakning bo’rtib chiqib turgan joyiga paxta qo’yib qalinlashtiriladi. Paxtasiz gipslashning farqi birinchidan shundaki, operasiya ishi tezlik bilan bajariladi, ikkinchidan oyoq uchun yengillik, chiroyli va mustahkam bo’ladi. Gipslangan bintni qo’llash uchun uy harorati yoki biroz undan issiq suv ichiga gipslangan bint botiriladi, shunda uning orasida pufakcha shaklida havo chiqa boshlaydi. Havosi tamom bo’lishi bilan gipslangan bintni suv idishidan chiqarib u biroz qisiladi, shunda ortiqcha suv chiqib ketadi, lekin iloji boricha bint tarkibida gips ko’proq kolishi kerak. Gipslangan bintni o’rashda burab o’rash usulini qo’llab chetdan markazga qarab bintni bukmasdan o’raladi. Oyoqning yuqori va pastki tomonlariga joylashgan paxta, o’ralayotgan bintning ikki chekkasidan biroz tashqariga chiqib turishi albatta zarur, chunki bu 1-2 sm chiqib turga paxta tana terisiga o’ralgan bintning bosim kuchini qaytarishga ko’maklashadi, shunda tomir va nervlar qisilmaydi. Kichik mollarga 4-5, katta hayvonlarga 10-15 qavat gipslangan bint o’raladi. Gipslangan o’rovni turli muddatlar orasida: yirik hayvonlardan 10-15 hafta ichida olib tashlanadi, gipslangan o’rovni maxsus qaychi yoki Rixterning pichog’i yo qaychisi orqali kesiladi. Kesishdan oldin mo’ljallangan chiziqni kuchli uksus kislotasi eritmasi yoki issiq quyuqlashgan natriy xlorid eritmasi orqali o’ralgan bint yumshatilib, keyin bog’lam uzunasiga kesiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling