3.4. Suyak sinishlarini konservativ davolash
Yopiq sinishlarda jarohatga yoki hayvon tanasining ma’lum bir qismiga,
ikkilamchi shikastlanishlardan, infeksiya tushishidan himoya qilish va qon oqishini
to’xtatish maqsadida bog’lovchi materiallar qo’llaniladi. Masalan: jarohatga so’rib
oluvchi bog’lam qo’yish, yopiq shikastlanishlarga isituvchi astarlik kompress
qo’yish, singanda va chiqqanda tana qismini yoki organni kerakli holatda
immobilizasiya qiluvchi, qotiruvchi bog’lamlar qo’yish va hokazolar. Bog’lovchi
materiallar yumshoq, egiluvchan, to’qimalarga yaxshi yotuvchi bo’lishi kerak.
Ochiq shikastlanishlarga qo’yganda yaxshi so’rib oluvchi va bug’lanuvchi
xususiyatiga ega bo’lishi lozim. Namlikni qabul qilib olmaydigan materiallar
(astarlik), suyuqlikni qabul qilish kerak bo’lmaydigan bog’lamlar qo’ygan hollarda
ishlatiladi.
Juda
yaxshi
bog’lovchi
materiallari
bo’lib:
doka,
momiq
(yog’sizlantirilgan) paxta, qalin surp, bo’z, kliyenka, sellofan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |