Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

Diagnoz.  Klinik  belgilar  va  differensial  diagnoz  ma’lumotlariga  asslanib 

qo’yiladi. Asosan, yorilishdan differensasiya qilinadi, bunda klinik belgilar kamroq 

namoyon  bo’ladi,  singan  joyda  harakat  va  g’ijirlash  kuzatilmaydi.  Oxirgi  diagnoz 

singan joyni rentgenografiya qilib qo’yiladi. 

Kasallikning  oqibati  hayvonning  yoshiga,  turiga,  suyak  va  to’qimalar-ning 

shikastlanishiga,  singan  vaqtiga,  sinish  turiga  bog’liq  bo’ladi  va  singan  shakli 

hisobga olinadi. 



 

Qisman sinishlar: 

          1. Yoriqlar –  teshib o’tuvchi,  yuzaki, bir  sonli va ko’p sonli. 

         2. Suyakning  ajralmasdan   bir  qismining  sinishi.   

          3. Suyakning bo’laklanib  sinishi,  asosan suyaklar  chetida kuzatiladi. 

         4. Suyak  pardasi ostida sinishlar. 

         5. Teshiklar. 

         To’liq sinishlar:  yo’nalishi bo’yicha – ko’ndalang, qiyshiq, uzunasiga, spiral 

shaklda, tishsimon  bo’ladi. Suyak to’qimasining zararlanishi  bo’yicha –  qoqilgan,  

parchalangan,  ezilgan,  uzilgan,  o’q  tekkan bo’ladi. 



       Yopik  sinishlarda  og’riq,  oyoqlar  faoliyatining  buzilishi,  defigurasiya  (shakl 

o’zgarishi),  suyaklarning  bo’g’imdan  tashkari  harakati,  suyak  krepitasiyasi   

kuzatiladi. 

       Qisman sinishlarda og’riq va faoliyatning buzilishi uncha bilin-maydi. 

       Ochiq  sinishlarda  qon  ketishi,  og’riq,  yumshok  to’qimalarning  shikast-lanishi 

va boshkalar kuzatiladi. 

         Suyak  sinishlarining  bitishi  singan  suyakning  butunligi    suyak  qadog’i  hosil 

bo’lishi bilan tiklanadi.     

        Regenerasiyaning  asosiy  manbalari: 

        1.  Suyak  pardasining  ichki  kambial   qavati. 

        2.  Endost. 

        3.  Suyak  iligi. 

        4.  Gavers  kanallari  tomirlarining endoteliyi. 

        5.  Suyakga  aylanuvchi yosh biriktiruvchi to’qima. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

42

        Birlamchi suyak qadog’i kuyidagilardan  tashkil topgan:. 

        1.  Periostal  qadoq.   

 

2.  Endostal  qadoq.  



 

3.  Oraliq  qadoq. 

        4.  Paraossal yoki suyak yonidagi  qadoq. 

Cuyak  sinishlari  turli  omillar  natijasida  yumshoq  to’qimalarning 

shikastlanishi  bilan  birga  kechadi.  Bu  omillarga  urilish,  yiqilish,  toyish,  keskin 

yoki  to’satdan  muskullarning  qisqarishi  va  otilish  kiradi.  Bundan  tashqari,  suyak 

sinishlarini  keltirib  chiqarishga 

moil  omillardan  raxit,  osteomalyasiya, 

osteodistrofiya, gipovitaminoz, suyaklarning mahalliy kasal-liklari nekroz, kariyes, 

osteosarkoma  va  boshqalar  bo’lib,  qaysikim  bu  omillar  suyaklar  qattiqligini 

yo’qotadi  va  ular  kuchsiz  ta’surotlarda  ham    sinadi.  Suyak  sinishlarida  muskullar 

va kapsulalar yirtiladi,  qon va nerv tomirlari uziladi. 




Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling