Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

Umumiy  tekshirish.  Kasal  hayvonlarni  umumiy  tekshirish,  ularga  diagnoz 

qo’yishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Ayrim  hollarda  umumiy  tekshirish  usullari 

orqali,  sirtdan  ko’zdan  kechirish  yo’li  bilan  kasal  hayvonni  osongina  payqash  va 

kasallik belgilarini topish mumkin. 

Umumiy  tekshirish  gabitusni  aniqlash,  hayvonning  terisi,  limfa  tugunlari, 

shilliq  pardalarini  tekshirib  ko’rish  va  haroratini  o’lchashdan  iborat.  Bundan 

tashqari umumiy tekshirishlarda hayvonning zoti, jinsi, yoshi, hayvon holati, vazni 

va uning xo’jalik bahosi ham e’tiborga olinishi kerak. 

Hayvonlarning  turli  zotlarida  xirurgik  kasalliklar  turlicha  namoyon  bo’lishi 

mumkin.  Bug’oz  hayvonlarda  diagnostik  tekshirish  usullari,  juda  ehtiyotkorlik 

bilan  amalga  oshirilishi  kerak.  Hayvonlarning  ayrim  kasalliklari  ularning  nasliga 

va  tusiga  bog’liqligi  tasdiqlangan.  Hayvonlarning  yoshi  kasalliklarni  aniqlashda, 

kasallik oqibatini oldindan ayta bilishda  va davolashda katta ahamiyat kasb etadi. 

Karsinoma,  katarakt  (ko’zining  parda  bilan  qoplanishi),  yumshoq  tog’aylarning 

suyaklashuvi asosan ko’proq qari hayvonlarda uchraydi. Yosh hayvonlarga narkoz 

qari  hayvonlarga  qaraganda  tez  ta’sir  qiladi,  shu  bilan  birga  yosh  hayvonlar 

operasiyalarni yaxshi ko’tara oladi. 

Dori,  narkotik  va  og’riqsizlantiruvchi  moddalarning  miqdorini  belgilashda 

hayvonning tana og’irligi muhim ahamiyatga ega. 

Katta  vaznli  hayvonlarda    bir  qator  kasalliklarning,  xuddi  shu  turga  mansub 

bo’lgan  kichik  vaznli  hayvonlarga qaraganda tuzalish ehtimoli (prognozi) kamroq 

bo’ladi.  Hayvonni  klinik  tekshirishda  hamma  vaqt  uning  umumiy  holatiga,  ya’ni 

semiz-oriqligiga,  temperamentiga  (xulq-atvori),  tana  tuzilishiga,  tanasining 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

39

fazodagi  vaziyatiga,  konstitusiyasiga  e’tibor  berish  kerak.  O’rtadan  yuqori 



semizlikdagi  mustahkam konstitusiyali  hayvonlarda, jarohatning bitishi  va boshqa 

jarayonlar yaxshi kechishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davolashga to’g’ri keladigan  qari 

va mahsuldorligi past bo’lgan hayvonlar, sarf qilingan xarajatlarni qoplay olmaydi 

va ular go’shtga topshiriladi.  




Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling