Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

Ko’rish  (inspectio).  Anamnez  ma’lumotlari  yig’ilganidan    so’ng  hayvonni 

umumiy  klinik  tekshirish,  qaysiki  ko’zdan  kechirish  boshlanadi.  Ko’rik  kunduzi 

tabiiy  yoki  sun’iy  yorug’likdan  foydalanib  o’tkaziladi.  Bu  ish  muayyan  tartibda 

o’tkaziladi,  avval  hayvonning  boshi,  bo’yni,  so’ngra  ko’krak  qafasi,  tana  qismi, 

qorni, yelini, yorg’oq, prepusiya, chanog’i, oyoqlari qarab chiqiladi. Tananing juft 

qismlari taqqoslab ko’zdan kechiriladi, bu patologik uchoqda tashqi klinik belgilar 

kamroq  kuzatilganda  asqotadi.  Hayvon    harakatlanganda  va  tinch  turgan  holatida 

ko’zdan  kechiriladi.  Uning  holatiga  (holsizlanish,  qo’zg’alish),  tana  vaziyati,  teri 

va  shilliq  pardalar  ko’rinishiga  va  boshqa  ayrim  bir  organ  kasalliklaridan  xabar 

beruvchi  (oqsash,  ko’rish  qobiliyatining  yo’qolishi)  yoki  mahalliy  o’zgarishlarga 

(dermatit,  ekzema,  o’sma,  ko’z    shox  pardasining  xiralashishi,  qalinlashishi) 

e’tibor berish kerak. 

Ko’rik  asosida  zararlangan  organ  yoki  shikastlangan  tuqimaning  o’lchami, 

shakli,  rangi  va  yuzasining  holati  (quruq,  ho’l,  tekis,  g’adir-budir,  qon  bilan 

qoplanganligi, yiring, qora-qutir) oqsash (uning turlari) va boshqalar aniqlanadi. 

Kasal  hayvonlar  diqqat  bilan  kuzatilsa,  kasallikning  kechishi  va  klinik 

manzarasini  bilib  olish  hamda  diagnoz  qo’yish  va  samarali  davolash  vositalarini 

belgilash mumkin bo’ladi. 




Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling