Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


IV. HAYVONLARNING  YUQUMLI KASALLIKLARI TARQALGANIDA


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

IV. HAYVONLARNING  YUQUMLI KASALLIKLARI TARQALGANIDA 

KARANTIN BELGILASh VA UNI BEKOR QILISh TARTIBI 

19-modda. Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganida karantin yoki 

cheklashlar. 

Hayvonlarning  yuqumli  kasalliklari  tarqalgani  aniqlangan  hollarda  tuman 

(shahar)  davlat,  veterinariya  inspektorining  taqdimnomasiga  binoan  mahalliy 

hokimiyat  organlarining  qarorlari  bilan  ayrim  podalar,  otarlar,  uyurlar,  qo’ralar, 

fermalar,  xo’jaliklar,  korxonalar,  temir  yul  bekatlari,  aeroportlar,  daryo  portlari, 

qishloq  va  qo’rg’onlarning  hududlari  hayvonlarning  yuqumli  kasalliklari 

tarqalganligi  jihatidan  yomon  ahvolda  deb  e’lon  kilinadi  hamda  ularda  karantin 

yoki zarur cheklashlar o’rnatiladi. 

Tumanlarni,  shaharlarni,  viloyatlarni,  hayvonlarning  yuqumli  kasalliklari 

tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb e’lon qilish hamda ularda karantin yoki 

boshqa 

cheklashlar 

o’rnatish 

tegishli 

bosh 

davlat 


inspektorlarining 

taqdimnomasiga  binoan  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  hokimiyatining  vakillik 

organlari  yoki  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  hokimlarining  qarorlari  bilan  yoki 

O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga 

binoan  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bilan  amalga 

oshiriladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

72

Hayvonlarning  yuqumli  kasalliklari  bilan  og’rishi  batomom  to’xtaganidan 



keyin  karantin  yoki  cheklashlar  o’rnatilgan  hududda  zarur  veterinariya-sanitariya 

tadbirlari  amalga  oshirilganda  kasalliklarga  qarshi  kurash  qo’llanmalarida 

ko’rsatilgan  muddat  o’tganidan  so’ng  tegishli  bosh  davlat  veterinariya 

inspektorlarining  taqdimnomasiga  binoan  karantin  yoki  cheklashlar  o’rnatgan 

tuman,  shahar,  viloyat  va  Toshkent  shahri  hokimiyatining  vakillik  organlari  yoki 

hokimlarining  qarorlari  bilan  yoxud  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  Davlat 

veterinariya  inspektorining  taqdimnomasiga  binoan  O’zbekiston  Respublikasi 

Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligining qarori bilan karantin yoki cheklashlar bekor 

kilindi. 

Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning 

yuqumli  kasalliklari  ro’xati  O’zbekiston  Respublikasi.  Qishloq  va  suv  xo’jaligi 

Vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. 




Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling