Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

5. Hayot faoliyati xavfsizligi 

5.1. Mehnatni muhofaza qilish 

Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish tegishli qoida asosida olib boriladi. 

Ishga  qabul  qilishda  muhandis  xavfsizlik  qoidalari  bo’yicha  instruktaj 

o’tkazadi. Bunda ichki qonun-qoidalar, ishlab chiqarish sanitariyasi, tozaligi, elektr 

energiyasi  va  yong’inga  qarshi  tadbirlar,  maxsus  kiyimlarni  saqlash,  mollarni 

fiksasiya  qilishda  xavfsizlik  qoidalariga  e’tibor  berish  to’g’risida  tushuntirish  olib 

boriladi. 

Kirish  instruktajlarining  kartochkasi  kadrlar  bo’limida  saqlanadi.  Ish 

joyidagi  instruktajlar esa doimiy  jurnalda  qayd qilib boriladi. Mehnatni  muhofaza 

qilish  muhandisi  ishchi  komiteti  bilan  birgalikday  mehnat  sharoitini  yaxshilash 

to’g’risida tadbirlar ishlab chiqadi va xuddi ish tadbirlar uchun xarajatlarni nazorat 

qilib  turadi.  Xo’jaliklarda  mehnatni  muhofaza  qilish  bo’icha  maxsus  kabinet 

bo’lib, unda maxsus plakatlar, adabiyotlar, asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. 

Mehnatni  tashkil  etishdagi  katta  e’tibor  elektr  agregatlaridan  foydalanishga 

qaratiladi.  Albatta, dastlab elektr agregatlarini o’rnatishga e’tibor beriladi,  nazorat 

qilinadi.  Jun  qirqish  punkti  xo’jaliklarning  sharq  tomonida  bo’lib,  markaziy 

molxonadan 2 km uzoqlikda bo’lishi kerak. Punkt quruq, keng binoda, jun qirqish 

yog’ochli stollarda o’tkazilib, uzunligi 30 m bo’lishi lozim. Elektromontyor doimo 

punktda  bo’lib,  sistematik  tarzda  izolyasiyalarning  holati,  elektrodvigatellarni 

ishlashini nazorat qilib turishi kerak. Punktda ishlovchilar xavfsizlik qoidalari bilan 

yaqindan  tanishtiriladi.  Xo’jalikda  tibbiyot  xizmati  yaxshi  tashkil  etiladi. 

Poliklinika  xodimlari  tez-tez  oshxonalarni,  do’konlarni  sanitariya  ahvolini 

tekshirib  turadilar,  ishchilarni,  xizmatchilarni  va  mahalliy  aholini  yuqumli 

kasalliklarga qarshi emlab turadilar. 

Xo’jalikning  diqqat  markazida  yong’inga  qarshi  profilaktik  tadbirlar  turadi, 

albatta. Yong’inga qarshi shitlar (maxsus yashiklar) albatta tayyor holatda turadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

74

Bizlarning  fikrimizcha,  biz  tajriba  o’tkazgan  xo’jalikda  mehnatni  muhofaza 



qilish  bo’yicha  ayrim  kamchiliklar  mavjud  edi.  Masalan,  ba’zi  brigadalarning 

territoriyasi  qisman  ko’kalamzorlashtirilgan,  veterinariya  punkti,  yotoqxona 

atrofidagi  territoriyada  tartibsizlik,  xavfsizlik  qoidalariga  kam  e’tibor  berilgan. 

Maxsus cho’milish dushlari, maxsus kiyim saqlanadigan shkaflar mavjud emas. 

Mehnatni  muhofaza  qilish  xarajatlari  to’g’risidagi  hujjatlarni  tahlil 

qilganimizda quyidagilarni aniqladik: Xarajat summasi quyidagicha taqsimlangan: 

10 % ni texnika xavfsizligi uchun, 20 % ishlab chiqarish sanitariyasi uchun, 15 % 

tashkiliy tadbirlar uchun, 15 % li esa  sport va fizkultura tadbirlari uchun.  

Xo’jalikda  baxtsiz  hodisalarni  hisobga  olish  va  qayd  qilish  uchun  maxsus 

jurnaldan foydalaniladi.  Oxirgi uch yilda baxtsiz hodisa yuz bermagan. 

Xizmat  qiluvchi  xodimlar  maxsus  kiyimlar  bilan  (kombinezon,  fartuklar, 

oyoq kiyimi, himoya ko’zoynaklar va h.k.) ta’minlangan. 

Maxsus ovqatlantirish yo’lga qo’yilmagan. 


Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling