Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

2.1. Suyakning tuzilishi 

Suyakda  50  %  gacha  suv,  15  %  gacha  yog’,  12  %  gacha  organik  modda  – 

ossein  va  21  %  gacha  mineral  moddalar  bo’ladi.  Organik  moddalar  suyakka 

qayishqoqlik, cho’ziluvchanlik,  mineral  moddalar esa qattiqlik beradi.  Buni bilish 

uchun  bir  bo’lak  suyakni  biror  kislotaga  solsak,  tarkibidagi  tuzlar  erib,  suyak 

egiluvchan  bo’lib  qoladi,  agar  kuydirsak  ossein  kuyib,  suyak  mo’rt  bo’lib  qoladi. 

Suyakning  tarkibida  bir  qancha  mineral  tuzlar:  kalsiy  fosfat  (85  %  gacha),  kalsiy 

karbonat (9% gacha), kalsiy ftorid (3 % gacha), magniy fosfat (1,7 % gacha), xlor 

tuzlari (0,2 % gacha) va temir tuzlari (0,6 % gacha) bo’ladi. 

 

Suyakning  kimyoviy  tarkibi  hayvonlarning  yoshiga  qarab  o’zgarib  boradi. 



Qari  hayvonlar  suyagida  organik  moddalar  kamayib,  anorganik  moddalar 

ko’payadi. Natijada suyakning tarkibi o’zgarib, suyak mo’rt bo’lib qoladi. 

Suyaklar  juda  mustahkam  bo’lib,  odamning  1  mm

2

  suyagi  9,25–12,41  kg 



yuk  ko’tara  oladi.  Son  suyagi  esa  5607  kg  yuk  qo’yilganda  sinishi  mumkin. 

Suyaklarning tabiiy xossalari ularning kimyoviy tarkibiga, hayvonlarning yoshiga, 

jinsiga va turiga, suyaklarning tuzilish holatiga bog’liq bo’ladi. 

Oyoq  suyaklari  barcha  hayvonlarda  oldingi  va  keyingi  oyoq  suyaklaridan 

iborat bo’lib, u hayvon tanasi uchun harakat richagi va tayanch organ hisoblanadi. 

Oyoq  suyaklari  yordamida  hayvon  atrof-muhitda  turli–tuman  harakatlarni  sodir 

etadi, bu harakatlar yerda, havoda, suvda sodir bo’lishi mumkin. 

 

Hayvonlarda  harakat  turli  shaklda  bo’lib,  unda  periferik  skeletning  tuzilishi 



turlicha bo’ladi. 

 

Oyoq suyaklarini har ikkalasi ham o’ziga xos vazifalarni bajaradi, jumladan, 



oldingi oyoq suyaklari tayanch vazifani bajarib, harakatni boshqarib tursa, keyingi 

oyoq  esa  asosiy  lokomotor  organ  bo’lib,  tananing  oldinga  harakat  qilishda  asosiy 

lokomotor  organ  bo’lib  xizmat  qiladi.  Ba’zi  hollarda  uning  aksi  ham  bo’lishi 

mumkin. 


PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

24

 



Oyoq suyaklari o’zlarining tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi: 

Kamar  suyaklari  –  skeleton  cerculum  s.  Cingulum  bunga  oldingi  oyoqni 

yelka kamari, keyingi oyoqni tos kamari suyaklaridan iborat. 

 

Yelka kamari suyaklari – cingulum  membri thoracici yelka kamar suyaklari 



ko’krak  qafasiga  birlashgan  bo’lib  o’z  navbatida  quyidagi  uchta  suyakdan  iborat: 

kurak suyagi – scapula, o’mrov suyagi – clavicula, karakoid suyagi – coracoideum. 

 

Tos kamari suyaklari – cinogulum  membri pelvini. Tos kamar suyaklari tos 



suyagini  hosil  qilib,  dumg’aza  suyagi  bilan  birikishi  natijasida  tos  (chanoq)  ni  – 

pelvis ni hosil qiladi. Tos kamari ikkita nomsiz suyakdan – os coxae iborat bo’lib, 

har  bir  nomsiz  suyak  o’z  navbatida  quyidagi  uchta  suyakdan  iborat:  yonbosh 

suyagi – os ilium, qo’ymich (o’tirg’ich) suyagi – os ischii, qov – os pubis. 

 

Oyoqning erkin harakat qiladigan suyaklari – skeleton  membri libera. Oyoq 



suyaklarini erkin harakat qiladigan zvenosi tashqi muhit ta’siri, yashash sharoiti va 

boshqa  ekologik  faktorlar  ta’risida  hayvonot  dunyosida  turli  morfologik  va 

anatomik  o’zgarishlarga  uchradi.  Hayvonlarning erkin  harakat qiladigan suyaklari 

o’zlarining  anatomik  tuzilishi,  topografiyasi,  ketma–ketligi  va  bajaradigan 

vazifalariga ko’ra quyidagicha bo’linadi: 

 


Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling