Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш
Download 370.03 Kb. Pdf ko'rish
|
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash
Umumiy tekshirish. Kasal hayvonlarni umumiy tekshirish, ularga diagnoz
qo’yishda muhim ahamiyatga ega. Ayrim hollarda umumiy tekshirish usullari orqali, sirtdan ko’zdan kechirish yo’li bilan kasal hayvonni osongina payqash va kasallik belgilarini topish mumkin. Umumiy tekshirish gabitusni aniqlash, hayvonning terisi, limfa tugunlari, shilliq pardalarini tekshirib ko’rish va haroratini o’lchashdan iborat. Bundan tashqari umumiy tekshirishlarda hayvonning zoti, jinsi, yoshi, hayvon holati, vazni va uning xo’jalik bahosi ham e’tiborga olinishi kerak. Hayvonlarning turli zotlarida xirurgik kasalliklar turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Bug’oz hayvonlarda diagnostik tekshirish usullari, juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Hayvonlarning ayrim kasalliklari ularning nasliga va tusiga bog’liqligi tasdiqlangan. Hayvonlarning yoshi kasalliklarni aniqlashda, kasallik oqibatini oldindan ayta bilishda va davolashda katta ahamiyat kasb etadi. Karsinoma, katarakt (ko’zining parda bilan qoplanishi), yumshoq tog’aylarning suyaklashuvi asosan ko’proq qari hayvonlarda uchraydi. Yosh hayvonlarga narkoz qari hayvonlarga qaraganda tez ta’sir qiladi, shu bilan birga yosh hayvonlar operasiyalarni yaxshi ko’tara oladi. Dori, narkotik va og’riqsizlantiruvchi moddalarning miqdorini belgilashda hayvonning tana og’irligi muhim ahamiyatga ega. Katta vaznli hayvonlarda bir qator kasalliklarning, xuddi shu turga mansub bo’lgan kichik vaznli hayvonlarga qaraganda tuzalish ehtimoli (prognozi) kamroq bo’ladi. Hayvonni klinik tekshirishda hamma vaqt uning umumiy holatiga, ya’ni semiz-oriqligiga, temperamentiga (xulq-atvori), tana tuzilishiga, tanasining PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
39 fazodagi vaziyatiga, konstitusiyasiga e’tibor berish kerak. O’rtadan yuqori semizlikdagi mustahkam konstitusiyali hayvonlarda, jarohatning bitishi va boshqa jarayonlar yaxshi kechishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davolashga to’g’ri keladigan qari va mahsuldorligi past bo’lgan hayvonlar, sarf qilingan xarajatlarni qoplay olmaydi va ular go’shtga topshiriladi. Download 370.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling