III. HAYVON VA ChORVAChILIK MAHSULOTLARI EGALARINING
HUQUQ HAMDA VAZIFALARI
17-modda. Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalarining huquqlari.
Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalari:
Veterinariya xizmati ko’rsatilishi uchun davlat, idoraviy va xususiy
veterinariya xizmatlari bilan shartnomalar tuzish;
Veterinariya xizmatidan hayvonlarning kasallikga chalinish darajasi,
epizootik vaziyat va hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlarini maxsus tadqiq
etish natijalari haqida axborot olish;
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jalik vazirligi huzuridagi
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi belgilangan tartibda hayvon va chorvachilik
mahsulotlari, yem-xashak, veterinariya dori-darmonlar sotib olish va sotish, shu
jumladan xorijdan sotib olish va xorijga sotish;
Mahalliy hokimiyat organlari, davlat, idoraviy veterinariya xizmatlari hamda
xususiy
veterinariya
faoliyati bilan shug’ullanayetgan
mutaxassislarning
g’ayriqonuniy hatti-harakatlari va ko’rsatmalari ustidan shikoyat qilish huquqiga
egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |