Intel va AMD protsessorlari orasidagi ustunliklar.
Testlarning natijalari va tekshirilayotgan protsessorlarning imkoniyatlari haqida gapirishdan oldin, rivojlanishning yuksalishi, ya’ni kelajakka nazar tashlasak. Hozirda INTELning ko’plab mashhur prosesrorlari 65nm texprotses bilan ishlab chiqarilmoqda. Hech kimga sir emaski, tranzistor qancha kichkina bo’lsa, issiqlik ajralish va energiyaga talab shuncha kam bo’ladi. Shu oddiygina qoidaga amal qilish, INTEL injenerlariga yagona kristalda ikki va ikkitadan ko’p yadro yaratishga imkon berdi. Imkoniyatlar namunasi sifatida, ikkita INTEL CORE 2 DUO E6700 dan iborat, to’rt yadroli protsessor ishlab chiqildi. Hatto 90nm li texproseslar bo’yicha ishlab chiqarishning yanada takomillashuvi ham AMD ga yordam berolmaydi, qoloqlik juda ham katta. AMD ning 65nm li tehnologiya bo’yicha ishlangan to’laqonli birinchi avlodlar protsessorlari shu yil dekabr oyining boshlarida chiqariladi, biroq yangi, o’yin uchun mo’ljallangan protsessorlar 2008 yilda chiqadi.
Entuziastlar va ashaddiy geymerlar uchun qiziqroq deb bo’lajak to’rt yadroli, L2 kesh bilan birlashtirilgan AMD AGENA FX ni aytish mumkin . Lekin bugunning o’zida do’kon peshtahtalarida INTEL CORE 2 EXTREME QX6700 (aslida 2 ta CORE 2 DUO E6700)ga munosib javob AMD ning 4yadroli platformasini topish mumkin . Qiziqarlisi AMD avvalgi metodikani qilolmasdi va AMD ATHLON 64 FX-&X seriyasidagi ikki prossesor bilan bir vaqtda ishlaydigan stol sistemasini tashkil qildi. Hozirda juda kam dasturlar ko’p masalalilikni qo’llab-quvvatlaydi va ikki yadroli protsessorlarning ustunligi haqida hozircha gapirish erta. 4 yadroli protsessorlarning meyorida ishlashi uchun dasturiy ta’minot yaratuvchilarining chaqiruvini kutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |